Kreml Bloomberg agentligining Vaşingtonga Ukrainada tinçlikka erişiş böyiça muzokaralarga tayyorligi va bu davlatning neytral maqomi yuzasidan talablardan voz keçişi mumkinligi haqida signalning yaşirin tarzda uzatilgani töğrisidagi xabarini rad etdi. «Yöq, bu notöğri xabar, bu mutlaqo yolğon», dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov 26 yanvar, juma kuni jurnalistlarga. 

Bloomberg: Putin AQŞga Ukrainada tinçlik muzokaralariga tayyorligini bildirgan

Avvalroq Bloomberg agentligi Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQŞga Ukrainaga qarşi uruşni töxtatiş böyiça muzokaralar olib borişga tayyorligi haqida signal yuborgani töğrisida xabar bergan edi. Şu tariqa, naşrga köra, u Vaşingtonning bunday muzokaralarda iştirok etişiga ehtimoliy roziligi masalasini örganmoqda. 

Kremlga yaqin bölgan ikki Bloomberg suhbatdoşining aytişiça, Putin munozaraga oçiqligini va hatto Ukraina neytraliteti haqidagi talablaridan voz keçişga tayyorligini, jumladan, mamlakatning NATOga a’zo bölişiga qarşi çiqmasligini bildirgan. Ularning sözlariga köra, takliflar 2023 yil dekabr oyida AQŞ yuqori martabali amaldorlariga vositaçi orqali yetkazilgan.  

Şu bilan birga, Putin xalqaro tan olingan çegaralar doirasida Ukraina hududining qariyb 18 foizini taşkil etuvçi, sönggi yillarda egallab olingan yerlardan voz keçişga tayyor emas. Peskov Bloomberg naşriga bergan izohida, Putin muzokaralarga tayyorligini bir neça bor ta’kidlagani, biroq ayni paytda Rossiya öz maqsadlariga erişişga qat’iy qaror qilganini aytdi. 

Vaşington Putinning uruşni tugatişga tayyorligini körmayapti

Ayni paytda, AQŞ rasmiylari şubhali pozitsiyani saqlab qolmoqda va Putin boşi berk köçaga kirib qolgan uruşni tugatiş yöllarini topişga jiddiy yondaşayotganini körmayotganini aytmoqda. Agentlikka bergan intervyusida ular Kremlning tegişli taşabbusidan xabardor emasligini aytgan. 

Agentlik ta’kidlaşiça, Rossiyaning muzokaralarga tayyorligi haqidagi işoralari Ukraina ittifoqçilari örtasida böliniş va Kiyev yakkalanib qolişiga olib kelişi mumkin. Ular, şuningdek, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning Rossiya qöşinlarini Ukraina xalqaro miqyosda tan olingan barça hududidan töliq olib çiqib ketişni öz içiga olgan tinçlik formulasini global qöllab-quvvatlaşga qaratilgan sa’y-harakatlariga putur yetkazadi.