2010 yil noyabr oyida tanişining uyida bosqinçilik sodir etib, uni öldirgan şaxs Rossiya Federatsiyasiga qoçib ketadi. 13 yil davomida qidiruvda bölgan erkak 2023 yilning 22 mart kuni ikki mamlakat maxsus xizmatlari tomonidan ötkazilgan operatsiyada qölga olingan va Özbekistonga olib kelingan.
Ma’lum bölişiça, 1982 yilda tuğilgan sudlanuvçi 2010 yil sentabr oyida Toşkent şahridagi Sergeli avtomobil bozorida işlovçi 1976 yilda tuğilgan N.Şodmonova bilan tanişadi. Keyin ular işqiy munosabatlarda bölib, Çilonzor tumanidagi Şodmonovaga tegişli xonadonda birga yaşay boşlaydi. Şundan keyin ular birgalikda avtomobil oldi-sotdisi bilan şuğullanadi. Bu vaqt davomida sudlanuvçida Şodmonovaning pul mablağlarini jinoiy yöl bilan egallaş niyati paydo böladi.
Sudlanuvçi 2010 yil 15 noyabr kuni soat taxminan 23:00 larda ayolni yotoqxonasida böyin qismini tirsagining içki qismi bilan böğib öldiradi va 7 ming AQŞ dollari hamda 5 mln söm (jami 16 mln 403 ming söm) pul mablağlarini olib, voqea joyidan yaşirinadi.
Sud-tibbiyot ekspertizasining xulosasiga köra, marhumaning ölimi “böyin qismini qattiq jism bilan böğiş oqibatida yuzaga kelgan mexanik asfiksiya natijasida yuzaga kelgan”ligi aniqlangan.
2023 yilning 22 mart kuni Rossiya Federatsiyasida hamkorlikda tegişli organ xodimlari tomonidan erkakni qölga oliş böyiça maxsus tadbir taşkil etiladi. Natijada öta oğir jinoyat sodir etgani uçun 13 yildan buyon qidiruvda bölgan erkak qölga olinib, Özbekistonga ekstraditsiya qilinadi.
Şu yil 26 yanvar kuni jinoyat işlari böyiça Çilonzor tuman sudida bölib ötgan sud majlisida sudlanuvçi Jinoyat kodeksining 97-modda ikkinçi qismi “i” bandi (tamagirlik niyatida qasddan odam öldiriş) va 164-modda birinçi qismida (bosqinçilik) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi.
Unga 17 yil muddatga ozodlikdan mahrum etiş jazosi tayinlandi.












