Yevropa kengaşi raisi Şarl Mişel 2024 yilning iyun oyida Yevropa parlamentiga bölib ötadigan saylovlardan öz nomzodini qaytarib oldi. Siyosatçi öz qarorini 26 yanvar, juma kuni Facebook sahifasida ma’lum qildi.
«Mening tanlovim ommaviy axborot vositalarining jiddiy e’tiboriga va spekulyatsiyasiga sabab böldi. Yondaşuvning misli körilmagan xususiyatini hisobga olgan holda, bu - men oldindan köra bilgan narsa. Lekin u kuçli reaksiyaga olib keldi - Yevropa kengaşi doirasida emas, balki undan taşqarida», - deb yozgan Mişel özining Belgiyadan Yevropa parlamentiga nomzod böliş borasidagi oldingi qarorini şarhlar ekan.
Uning sözlariga köra, Yevropa kengaşi raisi lavozimida qoliş qarori aynan muddatidan oldin iste’foga çiqişi ehtimoli böyiça kelib çiqqan keskin munosabat tufayli qabul qilindi va u öz ketişidan Yevropa kengaşini parçalaş uçun foydalanişga yöl qöymoqçi emas, deya aniqlik kiritdi Mişel.
Şarl Mişel 2019 yilda Yevropa kengaşi raisi lavozimida polşalik siyosatçi Donald Tusk örniga kelgan. Yevropa kengaşi raisi lavozimining özi Lissabon şartnomasiga muvofiq, taxminan 15 yil avval ta’sis etilgan. Mişelning Yevropa kengaşi raisi sifatidagi vakolati 2024 yilning noyabrida tugaydi.
YeI endi Mişelni zudlik bilan almaştirişga muhtoj emas
7 yanvar kuni Şarl Mişel Belgiya gazetalariga bergan intervyusida yozgi Yevropa saylovlarida Belgiya liberallari vakili sifatida iştirok etiş niyatida ekanini aytdi. Agar Mişel saylansa, u Yevropa kengaşi rahbari lavozimini va Yevropa parlamentariysi örnini birlaştira olmaydi. Bunday mojaroga yöl qöymaslik uçun YeIga a’zo davlatlar rahbarlari Mişel örniga voris nomzodini oldindan kelişib olişi kerak edi.
Bu Vengriya boş vaziri Viktor Orban uçun vaqtinçalik YeI kengaşiga raislik qiliş imkoniyatini oçardi, çunki Vengriya 2024 yilning iyulidan dekabrigaça YeI kengaşiga raislik qilişi kerak. Orban köpinça Yevropa Ittifoqining umumiy siyosatiga qarşi çiqadi. Şu tariqa, dekabr oyida Vengriya Ukrainaga 2027 yilgaça 50 milliard yevro miqdorida makromoliyaviy yordam ajratişni bloklab, uşbu qarorga veto qöyişga muvaffaq böldi.
“Orban Yevrokengaş rahbariga aylansa, ittifoqni sinovli davr kutadi” — ekspertlar













