XXRning Şveytsariyada ötkazilişi rejalaştirilgan forumdagi iştiroki Kiyev uçun juda muhim böladi, dedi Reuters agentligiga Ukraina prezidenti devonxonasi rahbari örinbosari Igor Jovkva.
Kiyev Xitoy rahbari Si Jinpingni global tinçlik sammiti - Ukrainadagi vaziyatni tinç yöl bilan tartibga soliş böyiça 5-konferensiya deb atalmiş anjumanda iştirok etişga taklif qildi. Bu haqda 26 yanvar, juma kuni Ukraina prezidenti devoni rahbari örinbosari Igor Jovkva Reuters agentligiga bergan intervyusida aytib ötdi. Pekinning Şveytsariyada ötkazilişi rejalaştirilgan uşbu forumdagi iştiroki Kiyev uçun juda muhim böladi, dedi Jovkva. Uning sözlariga köra, Ukraina Xitoy tomoni bilan işlamoqda, şuningdek, bölajak konferensiyaning ahamiyatini XXRga yetkaziş uçun xalqaro hamkorlarni jalb qilmoqda.
Xitoy hozirça Ukrainadagi Rossiya qöşinlarining harakatlarini tanqid qilişdan özini tiyib kelmoqda. 2023 yil 24 fevralda e’lon qilingan «tinçlik rejasi»da Pekin sodir bölayotgan voqealarni uruş deb atamadi va Rossiya Federatsiyasini Ukraina hududidan qöşinlarini olib çiqişga çaqirmadi, faqat barça mamlakatlar suverenitetini hurmat qiliş, tinçlik muzokaralarini davom ettiriş va harbiy harakatlarni töxtatiş zarurligini ta’kidladi.
Ukraina böyiça beşinçi tinçlik konferensiyasi
Ukraina böyiça beşinçi tinçlik sammiti Şveytsariyada taşkil etilişini ikki davlat prezidentlari Volodimir Zelenskiy va Viola Amherd yanvar örtalarida e’lon qilgan edi. Forum 2023 yilda Daniya, Saudiya Arabistoni va Maltada hamda 2024 yil 14 yanvarda Davosda bölib ötgan Ukrainadagi vaziyatni tinç yöl bilan tartibga soliş böyiça törtta konferensiyaga öxşaş formatda ötkaziladi. Ukraina va Şveytsariya uçraşuvga hozirdanoq tayyorgarlikni boşlab yuborgan, biroq tadbir sanasi va uning iştirokçilari röyxati kabi qator tafsilotlar hozirça kelişib olinmagan.
Kiyev Rossiyani uçraşuvga taklif qiliş niyatida emasligini oçiq bildirdi. Şu bilan birga, Şveytsariya prezidenti Rossiyaning Ukraina böyiça tinçlik sammitida iştirok etişini kutmayapti, lekin Moskvasiz davlat vakillarining uçraşuvi «haqiqiy tinçlik muzokaralariga aylanişi dargumon» ekanligini tan oldi. Bern Moskva bilan aloqalarni töxtatmaydi, dedi Amherd.













