Buxoro viloyatida Aylant navli daraxtni kesib taşlagan fuqaroga 5 440 000 söm jarima qöllandi. Bu haqda viloyat Ekologiya boşqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Unga köra, viloyat Ekologiya boşqarmasi Buxoro şahri inspeksiyasi inspektorlari tomonidan navbatdagi nazorat reyd tadbiri ötkazildi. Olib borilgan nazorat reyd tadbirlari davomida Buxoro şahar «Şerbuddin» MFY hududidan fuqaro X.I. tomonidan 3 tup Aylant daraxti kesib taşlangani aniqlandi.
Huquqbuzarlikni sodir etgan fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilib,1 million 700 söm jarima qöllandi hamda 3 million 740 ming söm tabiatga yetkazilgan zarar hisoblandi.













