Falastinning HAMAS harakati Ğazo sektorining şimoliy va markaziy qismlarida davlat xizmatlarini körsatişni qaytadan boşladi. Bu haqda KAN Isroil davlat televideniyesiga tayanib Anadolu xabar berdi.

HAMAS Isroil armiyasi tomonidan taşlab ketilgan hududlarda fuqarolik boşqaruvini qölga oldi, dedi rasmiylar.

Xabarda qayd etilişiça, Ğazo sektoridagi uruşdan keyingi davrga oid qarorlarning yöqligi HAMAS harakatiga davlat xizmatlari sohasida kuçayişiga yordam bergan.

Uruş kabi favqulodda vaziyatlar uçun tuzilgan favqulodda qömitalar bilan bir qatorda, avvalroq HAMAS nazoratida bölgan munitsipal idoralar ham şimoliy va markaziy hududlarda öz faoliyatini qayta boşlagan.

Isroil Ğazodagi uruşdan maqsad HAMAS harakatini yöq qiliş va garovdagilarni ozod etiş ekanini bir neça bor ta’kidlagan. Biroq 7 oktyabrdan beri davom etayotgan uruşda şu paytgaça bu maqsadlarning birortasiga erişilmagan.