1937 yilda SSSRda misli körilmagan qatağonlar boşlanadi. Yuqori amaldagi ayrim rahbarlardan tortib, olis hududlarda öz işini bajarib yurgan oddiy odamlargaça rahm qilinmaydi.

Istalgan odamni hibsga oliş, söng sud yoki maxsus belgilangan “Troyka” hukmi bilan qamoqqa jönatiş uçun kimningdir ğarazli çaquvi yetarli edi.

Öşa paytda NKVD xodimlari odamlarni qamoqqa oliş uçun xalq tilida “Emka” deb ataluvçi maşinada borişardi. Şu sababli bu maşina körinişidanoq hammani qörquvga solardi.

Şahar va qişloq joylarida odamlarning közi “Emka”ga tuşar ekan, “Yana qaysi beçoraning boşiga körgulik tuşgan bölsa? Kimni olib ketiş uçun borişayotgan bölsa?” deb öylaşardi.

Xöş, Stalin davrida barçani qörquvga solgan bu maşina tarixi qanday? Uni nega “Emka” deb ataşgan? Quyida zulm saltanatining asosiy jazo organi bölgan NKVDga xizmat qilgan qörqinçli maşina tarixi haqida söz yuritamiz.

M-1 maşinasi

“Emka” tarixi va Molotov

“Emka” – rus tilida M harfining erkalovçi qisqartmasi bölib, u 1930-40 yillarda SSSRda işlab çiqarilgan M-1 maşinasining norasmiy nomi edi.

Maşinaga bunday nom berilişiga asl familiyasi Skryabin bölgan Vyaçeslav Molotov sababçi bölgan.

1930-yillarda SSSRda Stalindan keyin ikkinçi muhim şaxs Molotov edi va u hukumat rahbari (Sovnarkom raisi) sifatida barça sohalar kabi avtomobilsozlik sanoatiga ham mas’ul bölgan.

Öşa paytda köplab şaharlar, korxonalar va boşqa turli obektlar Stalin va Lenin nomlari bilan birga Molotov nomi bilan ham atalardi.

Jumladan, “Emka” işlab çiqarilgan Gorkiy şahridagi (Hozirgi Nijniy Novgorod) avtomobil zavodiga ham Molotov nomi qöyilgan.

M-1 maşinalarining tarixi 1929 yilga borib taqaladi. Öşa yili SSSR va AQŞ örtasida sanoat korxonalarini taşkil etiş böyiça hamkorlik kelişuvi imzolanadi.

Ana şu kelişuv asosida 1932 yilda Ford Motor Company sovetlarga özining eng ommabop modellaridan biri Ford Model B 40A Fordor Sedan (qisqaça nomi Ford B) maşinasini işlab çiqarişga ruxsat beradi.