Joylarda tabiiy resurs tarmoqlariga noqonuniy ulaniş holatlari foş etildi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, departamentning Ğozğon şahar bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda “G.S.” MÇJ mas’ul şaxslari toşni qayta işlaş zavodining elektr transformatoriga qasddan taşqi ta’sir ötkazib, 667,3 mln sömlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Olmazor tumanda ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda esa YaTT “Q.J.” umumiy ovqatlaniş şoxobçasini elektr tarmoqlari korxonasi bilan şartnoma tuzmasdan umumiy foydalanişdagi elektr tarmoğiga özboşimçalik bilan ulab, 306,4 mln sömlik elektr energiyasini öğirlagani ma’lum bölgan.

Şu kabi, tarmoqqa noqonuniy ulaniş orqali Namangan tumanida “N.T.” va “N.” MÇJ rahbarlari 260,2 mln sömlik, Böstonliq tumanida fuqaro B.S. 241,8 mln sömlik, Buxoro şahrida YaTT “B.A.” hamda fuqaro J.B. 185,2 mln sömlik elektr energiyasini öğirlagan.

Departamentning Kattaqörğon şahar bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda esa fuqaro J.X. özi yaşab turgan uy tomorqasidagi issiqxonani heç qanday hujjatsiz tijorat maqsadida gaz tarmoğiga ulab, jami 177,1 mln sömlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (öğrilik) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

Oldinroq Toşkent va Sirdaryo viloyatlarida elektr energiyasi hamda tabiiy gaz tarmoğiga noqonuniy ulanganlarga jinoyat işlari qözğatilgandi.