Bu bilan Özbekiston poytaxti AQAir reytingidagi dunyo şaharlari içida havosining tozaligi böyiça 12-öringa çiqdi.
Portaldagi reytingga köra, PM2,5 konsentratsiyasining 50 mkg/m3 gaça bölgan darajasi yaşil kategoriya – eng yaxşi körsatkiç hisoblanadi.

Oxirgi vaqtlarda poytaxt havosi turli omillar sababli öta ifloslanib ketgan, PM2,5 zarralari miqdori ba’zan 20 mikrogrammdan oşib ketayotgan, natijada Toşkent tez-tez havosi eng iflos dunyo şaharlari reytingida yuqori örinlardan joy olayotgan edi.
Isitiş mavsumi boşlanganidan beri bir neça marta yomğir yoğgan bölsa ham, yoğingarçiliklar uzoq davom etmagan, natijada havo sifatida 29 yanvar kungiçalik yaxşilaniş kuzatilmagan edi.
Özgidromet saytida körsatilişiça, Toşkentda PM2,5 miqdori 22,5 mkg/m3 ni taşkil etmoqda. Özbekistonning havosi eng iflos şaharlardan yana biri Termizda ham havo yaxşilanib, PM2,5 konsentratsiyasi 28,6 mkg/m3 ga tuşgan.
Bu körsatkiçda Urgançda 2,55, Jizzaxda 3,61 ni taşkil etyapti. Boşqa şaharlardagi havo sifati borasidagi ma’lumotlar körsatilmagan.
Özgidromet prognoziga köra, yoğingarçilik seşanba kuni ham davom etişi kutilyapti.
Eslatib ötamiz, Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti PM2,5 dispers zarralari uçun me’yorni 5 mkg/m3 deb belgilagan. Avvalroq Ekologiya vazirligi Özbekistonning tabiiy iqlim şaroitlari va geografik joylaşuvi sababli bu körsatkiçga erişiş imkonsiz ekani, şu bois boşqa davlatlar qatori Özbekiston ham PM2,5 böyiça öz milliy standartlarini işlab çiqayotganini ma’lum qilgandi.













