Samarqand şahrida yaşovçi ayolga voyaga yetmagan bolasiga maşina boşqaruvini topşirgani uçun çora körilgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ayolning voyaga yetmagan öğliga maşina boşqaruvini bergani kuzatuv kameralariga tuşib qolgan va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.
IIB YHXB xodimlari tomonidan qoidabuzarlar va transport vositasi tezda topilgan. Viloyat IIB YHXB axborot xizmati tomonidan tasvirga olingan videoda ayol va uning öğli öz qilmişlaridan puşaymonliklarini bildirişgan.
Qayd etilişiça, holat yuzasidan ayolga nisbatan MJtKning tegişli moddalari bilan ma’muriy bayonnoma töldirilgan.













