Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani holati böyiça dalolatnomani yöq qilib berişni va’da qilgan muhandis uşlangan. Bu haqda boş prokuratura huzuridagi departament habar bermoqda.

Departamentning Sayxunobod tuman bölimi hamda DXXning Guliston tuman bölinmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan.

Tadbirda Sayxunobod tuman elektr tarmoqlari korxonasi muhandisi M.S. “P-K.” fermer xöjaligida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani holati böyiça tuzilgan dalolatnomani yöq qilib berişi evaziga uşbu fermer xöjaligi rahbarining ukasidan 400 dollar va 1 mln sömni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

Avvalroq, prokuratura departamenti va DXX xodimlari hamkorlikda ötkazgan tezkor tadbirlarda Yangiyölda 12 mln evaziga dalolatnomani, Samarqand tumanida 5 mln söm evaziga qarzdorlikni yöq qilib bermoqçi bölgan ETK xodimlari uşlangandi.