Statistika organiga köra, yilning ilk oyida oziq-ovqatlar 0,7 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,4 foizga, pullik xizmatlar 0,9 foizga qimmatlaşgan.
2023 yilning yanvariga nisbatan taqqoslaganda, ötgan 1 yilda oziq-ovqatlar narxi 9,3 foizga, nooziq-ovqatlar narxi 7,5 foizga, xizmatlar narxi 8,9 foizga oşgan.
Qayd etilişiça, 2024 yil yanvar oyida asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan sut (+0,5%) va tuxum (+2,5%) qimmatlaşgan. Suyakli mol göşti (–0,2%), qöy göşti (–0,2%), guruç (–0,4%), buğdoy uni (–1,8%), kungaboqar yoği (–0,9%), şakar (–0,3%) esa arzonlaşgan.
Oy davomida meva-sabzavotlardan baqlajon (+52,6%), bulğor qalampiri (+49,5%), banan (+18,9%), sarimsoq (+14,5%), pomidor (+110,4%), piyoz (+3,8%) va kartoşka (+3,1%) narxlarida ösiş kuzatilgan.
Lavlagi (–1,6%), sabzi (–1,9%), anor (–2,1%), limon (–4,6%), karam (–4,8) va bodring (–11,4%) narxlari pasaygan.
Benzin 3,4 foizga (yillik +23,3%), propan 4,8 foizga (yillik +34,3%) qimmatlaşgan, metan narxida özgariş bölmagan (yillik ösiş +22,4%).
Eslatib ötamiz, yillik inflatsiya 2023 yilning noyabrida 8,8 foizga tuşib, bu körsatkiç 2023 yil yakunida ham saqlanib qolgan va bu – 2016 yil avgustidan keyingi davr uçun eng past körsatkiç bölgandi. 2016 yil avgust holatiga yillik inflatsiya 8,6 foiz bölgan.
Ma’lumot uçun, 2016 yildan keyingi davrdagi eng yuqori inflatsiya darajasi bundan roppa-rosa 6 yil oldin – 2018 yil yanvarida qayd etilgan bölib, öşanda iste’mol sektoridagi narxlarning yillik ösişi 20,1 foiz bölgan.













