3–4 fevral kunlari Böstonliq tumani toğli hududlaridagi dam oliş maskanlariga olib boruvçi ayrim yöllarda harakat bir tomonlama taşkil etiladi. Bu haqda Toşkent viloyati IIBB Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi xabar berdi.

Qayd etilişiça, Böstonliq tumanidagi toğli hududlarda joylaşgan Amirsoy, Beldersoy, Çimyon kabi dam oliş maskanlarida şanba-yakşanba kunlari fuqarolar taşrifi odatdagidan köproq bölişi kutilmoqda. Şuni inobatga olgan holda yuqorida sanalgan dam oliş maskanlariga olib boruvçi yölda YTH va tirbandliklarning oldini oliş, harakat xavfsizligini işonçli ta’minlaş maqsad qilingan.

Rejaga köra, 4R6 Toşkent–Çirçiq–Çimyon avtomobil yölining 57-kilometridan boşlab mazkur yölning 92-kilometrigaça, ya’ni 4R10 avtomobil yöli bilan tutaşgan joygaça transport vositalarining harakati bir tomonlama taşkil etiladi.

Harakat bir tomonlama taşkil etilgan yölning boşida 5.5 (bir tomonlama harakatli yöl) va uning oxirida 5.6 (bir tomonlama harakatli yölning oxiri) axborot körsatkiç yöl belgilari, şuningdek, harakatlanib kiriş taqiqlangan qismida 3.1 (kiriş taqiqlangan) yöl belgisi örnatiladi.

Toşkent şahri tomonidan 4R12 avtomobil yöli yoki Çirçiq şahri tomondan kelinsa, deylik, Amirsoyga çiqiş uçun 4R12 va 4R6 avtomobil yöllari kesişgan joydan 4R6 yöliga, ya’ni Ğalvasoy mahallasi tomonga buriliş kerak.

Yöl böylab ketaverişda 4R10 avtomobil yöli tutaşgan qismiga, ya’ni Yusufxona çorrahasiga yetib boriladi. U yerda bir tomonlama harakat tugaydi. Çorrahadan 4R10 yöliga burilib, dam oliş maskanlaridan ortga qaytiş mumkin.