Qatar TIV matbuot kotibi Majid bin Muhammad al-Ansoriyning aytişiça, Isroil rasmiylari Ğazo sektorida vaqtinçalik öt oçişni töxtatiş şartlariga rozi bölgan. Qatar kelişuv şartlarining dastlabki ijobiy tasdiğini Falastinning HAMAS harakatidan ham olgan. Bu haqda Qatar telekanali Al Jazeera xabar berdi. 

28 yanvar kuni Qatar, AQŞ va Misr vakillari Isroil va Falastinning HAMAS harakati örtasida vaqtinçalik sulh tuziş böyiça kelişuvni yakunlayotgani ma’lum böldi. Bitim ikki bosqiçni öz içiga oladi va Ğazo sektorida ikki oy davomida öt oçilişini töxtatadi. Bu vaqt içida HAMAS garovga olingan bolalar, ayollar, qariyalar va yaradorlarni ozod qiladi. Buning evaziga Isroil falastinlik mahbuslarni ozod qiladi. Bitim, şuningdek, Ğazo sektoriga yetkaziladigan yangi gumanitar yordam hajmini belgilaydi. 

1 fevral kuni Al-Hadat telekanali HAMAS harakati Isroil qamoqxonalarida saqlanayotgan falastinliklarni bosqiçma-bosqiç ozod qilişga rozi bölganini xabar qildi. HAMAS avvalroq kelişuvga faqat mahbuslarni töliq ozod qiliş şarti bilan roziligini bildirgan edi. Harakat, şuningdek, Isroildan uzoq muddatli qamoq jazosini olganlarni ozod etilişini talab qilmasligini bildirdi. Telekanal ta’kidlaganidek, HAMAS vaqtinçalik öt oçişni töxtatiş böyiça yakuniy qarorga kelgani yöq. Öz navbatida Isroil 114 nafar falastinlik mahbusni ozod qildi.