Ukrainada uruşning 708-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Yevroittifoq Ukrainaga 50 milliard yevro miqdoridagi yordam paketini ma’qulladi. Şu paytgaça yordam ajratiş masalasini bloklab kelayotgan Vengriya ham bunga rozi böldi. Şuningdek, Bryusseldagilar Rossiya davlat aktivlaridan keladigan daromadlarni Kiyev uçun yönaltiriş masalasini körib çiqişmoqda.
- Rossiya Tergov qömitasi ma’lum qilişiça, halokatga uçragan Il-76 samolyotidagi barça yölovçilarning jasad qoldiqlari aniqlangan. Tergovçilarda samolyot bortida bölgan barça ukrainalik harbiy asirlarning genetik profili mavjudligi ma’lum qilingan.
- Volodimir Zelenskiy Ukraina QK boş qömondoni Valeriy Zalujniyni bir hafta içida iste’foga çiqaradi, deb xabar bermoqda CNN telekanali öz manbalariga tayanib. Avvalroq Ukraina prezidenti ofisi Zalujniyning iste’fosi töğrisidagi barça xabarlar haqiqatga töğri kelmasligini ma’lum qilgandi. Ukraina mudofaa vazirligi ham boş qömondon işdan böşatilişi haqidagi xabarlarni rad etgan.
- Ukraina razvedkasi 1 fevralga ötar keçasi mamlakat qurolli kuçlari Rossiya Qora dengiz flotining «Ivanovets» raketa katerini çöktirib yuborganini ma’lum qildi. RF mudofaa vazirligi bu xabarni izohlamagan. Kema bortida qança odam bölgani va ular evakuatsiya bölişga ulgurgani ma’lum emas.
- Turkiyadagi banklar RFdan bölgan kompaniyalarning hisoblarini yopmoqda va Rossiyadan bölgan jismoniy şaxslar uçun talablarni qat’iylaştirmoqda.
Ukrainlarning Kupyansk atrofidagi pozitsiyalari
Kupyansk — Xarkiv oblastidagi strategik muhim şahar bölib, bu yerda yirik temiryöl tuguni joylaşgan. RF armiyasi Kupyanskni 2022 yil 27 fevralida egallagandi va undan şaxsiy tarkib hamda qurol-yaroğlarni oldingi çiziqlarga ötkaziş uçun foydalangan. Ukrainalik harbiylar 2022 yil sentabrida Kupyanskni ozod etişgandi.
Hozirda Rossiya qöşini yana uşbu şaharni egallab olişga harakat qilmoqda. Ukrainalik fotograflar Konstantin va Vlada Liberovlar Kupyanskka kelib, «Edelveys» nomli 10-alohida toğ-şturm brigadasi öz pozitsiyalarini qanday uşlab turişgani va yaradorlarni oldingi çiziqdan qanday evakuatsiya qilişganini kadrlarga muhrlaşdi.























