Yevropa Kengaşi raisi Şarl Mişel Yevropa Ittifoqi sammitida Ukrainaga 50 milliard yevrolik uzoq muddatli yordam dasturi ma’qullanganini e’lon qildi. Yordam paketi ittifoqning barça 27 a’zosi, jumladan Vengriya bilan ham kelişilgan. 

«Bu Ukrainani barqaror, uzoq muddatli va kafolatlangan moliyalaştiriş imkonini beradi. Yevropa Ittifoqi Ukrainani qöllab-quvvatlaş uçun yetakçilik va mas’uliyatni öz zimmasiga oladi», deb yozdi Mişel ijtimoiy tarmoqda. 

Reuters manbalarining da’vo qilişiça, Yevropa Ittifoqi Kiyevga yordam ajratilişi masalasini har yili qayta körib çiqadi. Avvalroq Ukrainaga yillar davomida oldindan yordam ajratilişini ma’qullamagan Vengriya aynan şu variantni taklif qilgan edi. Bundan taşqari, Ukraina böyiça kelişuvdan qat’i nazar, Yevropa Ittifoqining Budapeşt uçun ajratgan mablağlari muzlatilgan holda qoladi. 

Navbatdagi 4 yil davomida Ukrainaga 50 milliard yevro ajratiş masalasi bir neça oydan beri körib çiqilayotgan edi. U öz içiga 17 milliard yevro grant va 33 milliard yevro miqdorida kreditni oladi. Rossiyaning Ukrainaga bosqini boşlanganidan beri YeI Kiyevga 85 milliard yevro miqdorida yordam yuborgan. 

2023 yil dekabrida bölib ötgan sammitda 50 milliard yevro ajratiş taşabbusi Vengriya tomonidan bloklangan edi. Budapeşt nega bu safar vetoni bekor qilgani haqida hozirça izoh bermadi. Financial Times gazetasi sammit boşlanişidan sal avval agar Vengriya Ukrainaga yordamni yana tösib qöysa, Yevropa Ittifoqi tomonidan iqtisodiyotiga putur yetkaziş rejasi işlab çiqilayotgani haqida yozgan edi.