Sofiya ismi 2023 yil Rossiyada tuğilgan qizaloqlar orasida eng maşhur ism böldi. Bu haqda «Snob» xabar berdi.
Ma’lumotlarga köra, ötgan yilda Rossiyada 1 921 831 çaqaloq dunyoga kelgan. Qizaloqlarga eng köp qöyilgan ism Sofiya — 24 065. Top uçlikdan Yeva (19 142) va Anna (18 398) ismlari örin olgan. Kuçli beşlikka Mariya (16 800) va Viktoriya (15 971) ismlari ham kirgan.
Öğil bolalarga eng köp qöyilgan ism esa Mixail — 23 645. Top beşlikdan Artyom (22 790), Aleksandr (22 682), Matvey (18 837) va Maksim (17 399) örin olgan.
«FXDYo reyestri» portaliga köra, 2023 yilda Rossiyada 15 995 egizaklar dunyoga kelgan. Onalarning örtaça yoşi 29,7, otalarniki esa 29,3 yoşni taşkil qilgan. Dunyoga kelgan 1 921 831 çaqaloqlarning 52 foizini öğil bolalar, 48 foizini esa qizaloqlar taşkil qilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Xanti-Mansilar muxtor okrugida 2023 yilda Muhammad ismi öğil bolalarga eng köp qöyilgan ism bölgandi.
Özbekistonda 2023 yili eng köp qöyilgan ismlar ma’lum qilindi







