BAVARIYa – BORUSSIYa M (3 fevral, 19:30)

Agar «Bavariya» Bundesligada faqat uşbu «Borussiya» bilan öynaganda, turnir jadvalining ikkinçi yarmida yurardi. Bu hazil emas, zero qatorasiga oxirgi yetti mavsumda «Bavariya» kamida bir martadan menxengladbaxliklardan mağlubiyatga uçragan. Oxirgi 34 uçraşuvni olsak ham, ğalabalar soni ikki tomonda ham teng – 12tadan. 10 uçraşuv durang bilan yakunlangan. Birinçi davradagi öyinda «Bavariya» 2:1 hisobida ğalaba qozonganini e’tiborga olsak, an’ana böyiça bu safar mehmonlar ğalaba qozonişi kerak böladi. Myunxendagi oxirgi ikki öyinda mezbonlar ğalaba qozona olişmagan, bir durang va bir «Borussiya»ning ğalabasi qayd etilgan. Qiziği, undan oldingi Myunxendagi uçraşuvda «Bavariya» 6:0 hisobida ustun kelgan. Mana şunday, har qanday ssenariy kutiş mumkin bölgan töqnaşuv.

«Borussiya» nafaqat «Bavariya», boşqa peşqadamlar bilan ham munosib öynaganini e’tirof etiş lozim. Masalan, ötgan turda jamoa Leverkuzenda durang öynab, qaysidir ma’noda «Bavariya»ga yordam berib yubordi. Undan oldinroq «Ştutgart» ustidan ham işonçli ğalabaga erişilgan.

«Bavariya»ning aynan şu turda oçko yöqotişga umuman haqqi yöq. Ma’lumki, kelasi turda Leverkuzenda «Bayyer» va «Bavariya» öyini bölib ötadi. Hozirda jamoalar örtasida 2 oçkolik farq saqlanib turibdi. «Bayyer» ustidan ğalaba qozonib, turnir jadvali peşqadami bölib oliş imkoniyati saqlanib turişi uçun ham Tuxel şogirdlari uşbu uçraşuvda ğalaba qozonişi şart. «Bayyer» bu turda «Darmştadt» mehmoni böladi va katta ehtimol bilan oçko yöqotmaydi. Bundan taşqari, kelasi haftadan yevrokuboklar boşlanadi. Töğri, «Bayyer» ham Yevropa Ligasida iştirok etmoqda, ammo yuklama va bosim yuzasidan Çempionlar Ligasi jiddiyroq turnir va bahorda «Bayyer»ning Bundesliga öyinlariga yaxşiroq tayyorlaniş imkoniyati yuqoriroq bölişi tabiiy.

Tarkiblar borasida mezbonlarda yöqotişlar köproq. Kim Janubiy Koreya safida Osiyo kubogi yarimfinaliga çiqdi, Gnabri, Laymer, Koman, Kimmix kabi futbolçilar kamida bir oydan keyin maşğulotlarga qaytişi mumkin. Şuningdek, Dayot Upamekano ham hali töliq tiklanib ulgurmagan. «Borussiya» safida esa Volf, Omlin, Ulrix, Xermann, Xak kabi futbolçilarda turli şakldagi jarohatlar bor. Ko Itakura esa Yaponiya milliy jamoasi safida Qatarda bölib turibdi.

JIRONA – ReAL SOSIYeDAD (4 fevralga ötar keçasi, 01:00)

«Jirona»da yana kamida bir kunga turnir jadvalini boşqarib turiş imkoni bor. «Real» yakşanba oqşomida «Atletiko»ga qarşi derbida maydonga tuşişini e’tiborga olsak, peşqadamlik muddati çözilişi ham mumkin. Albatta, basklarning ança noqulay va jiddiy raqib ekanini ham ta’kidlaş kerak. «Sosiyedad» köp durang öynab yuborgani uçun ham turnir jadvalida biroz pastroqda joylaşgan, ammo jamoa barça musobaqalardagi oxirgi 15 öyindan faqat bir marta mağlubiyatga uçragani ham öyinning ança murosasiz keçişidan dalolat qilib turibdi. Jamoalarning birinçi davradagi bahsida 1:1 hisobida durang qayd etilgandi.