Toşkent şahrida beşta maşina iştirokida yöl-transport hodisasi yuz bergan. IIV YHXBB axborot xizmatining xabar berişiça, hodisa 2024 yil 2 fevral kuni soat 18:30 larda Şayxontohur tumani Furqat köçasida sodir bölgan.

YTHda quyidagi maşinalar özaro töqnaşgan:

  • 1992 yilda tuğilgan R.T. boşqaruvida bölgan Lacetti;
  • 1989 yilda tuğilgan Ş.I. boşqaruvida bölgan Matiz;
  • 2004 yilda tuğilgan B.Q. boşqaruvida bölgan Matiz;
  • 1990 yilda tuğilgan J.S. boşqaruvida bölgan Spark;
  • 1992 yilda tuğilgan D.Q. boşqaruvida bölgan Spark.

YTH oqibatida yöl çetida texnik nosoz bölgan Matizni ta’mirlayotgan ikki nafar fuqaro yengil jarohat olgan. Ularga tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinçi yordam körsatilgan.

Qayd etilişiça, holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.