Ukraina mudofaa vazirligining Boş razvedka boşqarmasi 1 fevralga ötar keçasi mamlakat qurolli kuçlari Rossiya Qora dengiz flotining «Ivanovets» raketa kateriga zarba berilganini ma’lum qildi. Rossiya bu ma’lumotni rasman tasdiqlamagan, ammo rossiyalik harbiy blogerlar kema çökib ketganini yozişmoqda.

Boş razvedka boşqarmasining telegram-kanalida e’lon qilingan press-relizda aytilişiça, kater Qora dengizda, anneksiya qilingan Qrim sohillari yaqinidagi Donuzlav köli hududida patrullik qilib kelgan. 

«Rossiya kemasi korpusga berilgan ketma-ket zarbalardan keyin suzişni davom ettira olmaydigan darajada şikastlandi — „Ivanovets“ quyruq qismiga oğdi va çökib ketdi», — deyilgan bayonotda.

Amaliyot Ukraina Raqamli transformatsiya vazirligi va United24 kraudfanding platformasi kömagida Group 13 nomli maxsus razvedka qismi tomonidan amalga oşirilgani aytilgan. 

Rossiya mudofaa vazirligi hozirça bu bayonot yuzasidan izoh bermagan.

Ammo rossiyalik harbiy blogerlar ham Ukraina razvedka resurslarida joylangan, kemaga bir vaqtning özida bir neça dronlar hujum qilayotgani aks etgan videoni tarqatişgan.

«„Ivanovets" kiçik raketa kemasi Ukraina qurolli kuçlarining Sevastopolga tungi hujumini qaytariş çoğida çökib ketdi. Kema uçta dengiz droni zarbasini öziga qabul qildi. Ekipaj oxiriga qadar kemani suv yuzasida uşlab qoliş uçun kuraşdi», — deya yozgan «Voyenkor Kotenok» telegram-kanali.

Harbiy sohaga ixtisoslaşgan yana bir bloger Boris Rojin ham Rossiya Qora dengiz floti Donuzlav hududida dronlarning tungi hujumi çoğida 1989 yilda yasalgan, suv siğimi 493 tonna, uzunligi 56 metrga teng bölgan, «Moskit» raketalari bilan jihozlangan «Ivanovets» kiçik raketa kemasini yöqotganini ma’lum qilgan. Kema ekipaji 41 kişidan iborat, ularning taqdiri noma’lum. 

Bundan avvalroq Rossiya mudofaa vazirligi Qrimga 20 ta raketa bilan hujum qilingani haqida xabar bergan, Ukrainadagi manbalar esa bu hujum natijasida Belbekdagi aerodromda turgan harbiy samolyotlar şikastlangani haqida yozgandi.

Rossiya mudofaa vazirligiga yaqin sanalgan Rybar telegram-kanali bu ikki voqeani özaro boğlagan: unga köra, raketa hujumidan keyin töqqizta ekipajsiz kater Odessadan çiqqan va Dunay daryosining quyiliş joyidan Qrim tomon suzib ketgan.

Kanal muallifining tasdiqlaşiça, dengiz dronlaridan törttasi Donuzlav köli hududida yakson etilgan, qolganlari esa nişonga — «Ivanovets» kateriga yetib borgan. «Videoga qaraganda, kema bir neça portlaşdan keyin butkul çökib ketgan», — deya Ukraina tomoni tarqatgan videoni şarhlagan telegram-kanal.