«Tuproqni muhofaza qiliş va uning unumdorligini oşiriş töğrisida»gi qonun prezident tomonidan imzolandi.
Qonun bilan tuproqni muhofaza qiliş va uning unumdorligini oşiriş sohasidagi asosiy tamoyillar, sohani davlat tomonidan tartibga soliş, tuproq unumdorligini oşiriş asoslari va tartibi belgilandi.
Qişloq xöjaligi vazirligi tuproqni muhofaza qiliş va uning unumdorligini oşiriş sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oşiradi.
Yer egalari Tuproqşunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutidan öziga tegişli yer uçastkasidagi tuproqning sifatini baholaş töğrisida axborot oliş huquqiga ega.
Yer egalari şaharsozlik faoliyatini, geologik qidiruvni va foydali qazilmalarni qazib olişni, şuningdek qişloq xöjaligiga oid bölmagan boşqa faoliyatni amalga oşirişda tuproqning mavjud unumdor qatlamini sidirib olişi va saqlaşi şart.
Sidirib olingan tuproqning unumdor qatlamini quriliş taşkilotlari hokimliklar tomonidan belgilangan joylarga saqlaş uçun olib çiqadi.
Tuproqning unumdor qatlami sidirib olinmagani va saqlanmagani fakti aniqlanganda, yetkazilgan zarar mahalliy budjetga qoplanadi. Mazkur pul mablağlari qişloq xöjaligida foydalanilmayotgan suğoriladigan yerlarni foydalanişga kiritiş va yerlarning meliorativ holatini yaxşilaş uçun sarflanadi.
Tuproqni örganiş Qişloq xöjaligi, Suv xöjaligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirliklarining vakolatli taşkilotlari tomonidan amalga oşiriladi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy ötgaç kuçga kiradi.













