Toşkent viloyatida boş mutaxassis, Buxoroda esa arxitektor hujjatlarni rasmiylaştirib berişni va’da qilib, fuqarolardan pora olayotganda uşlandi. Bu haqda Davlat xavfsizligi xizmati xabar qildi.

Toşkent viloyati Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida hududiy nazorat qiliş inspeksiyasi boş mutaxassisi mahalliy tadbirkor tomonidan Örta Çirçiq tumanida qurilgan 3 qavatli savdo majmuasi binosini foydalanişga qabul qilib beriş, şuningdek, binoning texnik xulosasi, kadastr va boşqa hujjatlarini tegişli taşkilotlarda işlovçi tanişlari orqali hal qilib beriş evaziga 12 ming AQŞ dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Toşkent viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan prokuratura organlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda, u söralgan pul mablağidan 10 ming AQŞ dollarini oldindan olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Boşqa holatda esa «Özbekiston şaharsozlik böyiça loyihalaş ilmiy-tadqiqot instituti» arxitektori öz xizmat mavqeidan foydalanib hamda Buxoro viloyati Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi boş boşqarmasidagi tanişlari orqali, Buxoro şahrida quriliş faoliyati bilan şuğullanuvçi mas’uliyati çeklangan jamiyatga tegişli 8 sotix yer maydonida bino-inşootlar qurilişi uçun loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlaş, şaharning boş rejasiga qöşiş hamda arxitektura-loyihalaşdan ötkazişda yordam beriş evaziga 5 ming AQŞ dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati va Boş prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan Buxoro şahrida ötkazilgan tezkor tadbirda u söralgan pul mablağini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Mazkur şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168 (firibgarlik) va 211 (pora beriş) moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllangan.