«Al-Bayt» stadionida 60 mingdan ortiq tomoşabin qarşisida ötgan qarama-qarşilikning birinçi bölimida vakillarimiz öyin jihatdan raqibdan qolişmagan bölsa-da, 27-daqiqada jamoamiz darvozaboni Ötkir Yusupov töpni qaytarişda avtogolga sabab böldi va mezbonlar tanaffusga hisobdagi ustunlik bilan çiqişdi – 1:0.

Ikkinçi bölimda Sreçko Katanets şogirdlari bahsni hujumkor boşlaşdi va 59-daqiqada Odiljon Hamrobekovning jarima maydoni içiga kirib, yöllagan zarbasi hisobning tenglaşişiga sabab böldi – 1:1.

Qöşimça bölimlar bilan 120+3-daqiqalik öyinda kuçlar teng kelgaç, boş hakam jamoalarni penaltilar seriyasiga taklif etdi. Lotoreyada esa omad Qatarga kulib boqdi. Rustam Aşurmatov, Zafarmurod Abdurahmatov va Jaloliddin Maşaripovning zarbasini raqib posboni qaytarib qoldi.

Şu tariqa, Qatar yarimfinalda Eronga qarşi maydonga tuşadigan böldi.

Osiyo kubogi-2023. Çorakfinal 
Qatar – Özbekiston – 1:1. Penaltilar seriyasi: 3:2
Boş hakam: Kim Xi Gon (Janubiy Koreya)
Gollar: Ötkir Yusupov 27, avtogol – Odil Hamrobekov 59.
Qatar: 22. Maşal Barşam, 2. Pedro Korrea, 3. Al Mahdi Ali, 4. Muhammad Va’d Al Bayati, 12. Lukas Mendes, 5. Tariq Salmon, 10. Hasan Al Haydos (Xolid Mazi, 54), 11. Akrom Afif, 19. Almuyez Ali, 20. Ahmad Fathi, 24. Jassim Jobir (6.Abdul Aziz Xatim, 80).
Özbekiston: 1. Ötkir Yusupov, 4. Farrux Sayfiyev (Zafarmurod Abdurahmatov, 99), 5. Rustam Aşurmatov, 7. Otabek Şukurov, 9. Odil Hamrobekov, 10. Jaloliddin Maşaripov, 11. Oston Örunov (Şahboz Umarov, 74), 15. Umar Eşmurodov, 19. Azizbek Turğunboyev (Muhammadqodir Hamraliyev, 105), 22. Abbosbek Fayzullayev (Hojimat Erkinov, 114), 18. Abdulla Abdullayev.
Ogohlantiriş: Maşal Barşam 47 – Otabek Şukurov 69, Sreçko Katanets 79.