Samarqand viloyatida AYoQŞning bir qismi va Nexia maşinasi yonib ketgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berişiça, hodisa 2024 yil 3 fevral kuni sodir bölgan.
Şu kuni soat 18:00 da Oqdaryo tumani Dahbed mahallasida joylaşgan ''Quruvçi-Bunyodkor-Turkiston'' MÇJga qaraşli köp tarmoqli yoqilği tarqatiş şoxobçasida Nexia maşinasida yonğin sodir bölgani töğrisida viloyat FVBga xabar berilgan.
Xabarga köra, soat 18:16 da voqea joyiga 2 ta yonğin-qutqaruv ekipaji yetib borib, soat 18:28 da yonğin öçirilgan.
Yonğin oqibatida Nexia va yoqilği tarqatiş şoxobçasining 1 ta kolonkasi qisman yonib zararlangan.
Yonğin-qutqaruvçilarning tezkor harakatlari natijasida köp tarmoqli yoqilği tarqatiş şoxobçasi yonğindan saqlab qolingan. Hodisa oqibatida heç kim jarohat olmagan.
Hozirda tergovga qadar tekşiriş işlari olib borilib, yonğinning kelib çiqiş sababi va zarari aniqlanmoqda.











