Navoiy şahridagi 18-son maktab öqituvçisi dars paytida öquvçilarni kaltaklagan. Bu haqda bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova xabar berdi.
Qayd qilinişiça, 1 fevral kuni öqituvçi M.Ş. dars jarayonida 9-sinfning 2 nafar öquvçisini kaltaklagan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda qizil kiyimli erkak sinf xonasiga kirib, oxirgi qatorlarda ötirgan ikki nafar öquvçiga muşt va şapaloq tuşirgani körinadi.
Öquvçilardan birining onasi içki işlar organiga ariza bilan murojaat qilib, öqituvçiga qonuniy çora körişni söragan.
Ta’kidlanişiça, holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv olib borilmoqda. Jarohat olgan öquvçilarga nisbatan sud-tibbiy ekspertizasi ötkazilişi tayinlangan.












