Toşkent viloyati hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça birinçi örinbosari Xolmirza Niyozov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xolmirza Niyozov. Foto: Toşkent viloyati hokimligi

Xolmirza Niyozov muqaddam Farğona viloyatining Oltiariq tumani hokimi bölgan, 2022 yil fevralidan buyon Toşkent viloyati hokimi örinbosari lavozimida işlab kelayotgandi.

Viloyat hokimi Zoyir Mirzayevning tegişli qarori bilan Botir Bahodiroviç Alimbekov Toşkent viloyati hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça birinçi örinbosari vazifasini bajaruvçi etib tayinlandi.

Botir Alimbekov. Foto: Toşkent viloyati hokimligi

Botir Alimbekov 1978yilda Zangiota tumanida tuğilgan. Ma’lumoti – oliy. 1999 yilda Toşkent davlat agrar universitetini, 2009 yilda prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasini (hozirgi Davlat boşqaruvi akademiyasi) tamomlagan. Mutaxassisligi – zoomuhandis, iqtisodçi (qişloq xöjaligi).

U faoliyati davomida davlat soliq inspektori (2002–2005), «Qişloqxöjalikkimyo» hududiy AJ mutaxassisi, tuman filiali mudiri, rais örinbosari va boşqaruv raisi (2005–2016), Toşkent viloyati qişloq va suv xöjaligi boşqarmasi boşliği (2016–2017), «Toşkentagrokimyohimoya» hududiy AJ direktorining birinçi örinbosari va jamiyat direktori (2017–2019) lavozimlarida işlagan.

2020 yil aprelidan 2021 yil yanvariga qadar ham Toşkent viloyati hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça birinçi örinbosari sifatida faoliyat yuritgandi. 

2021 yil yanvarida Toşkent viloyati Çinoz tumani hokimi lavozimiga tayinlangandi.