6 fevral kuni Qozoğiston Respublikasi parlamenti yiğilişida AMANAT partiyasi tomonidan mamlakat boş vazirligiga nomzodi ilgari surilgan Öljas Bektenov uşbu lavozimga tasdiqlandi. Orda.kz xabariga köra, boşqa vazirlar ham yaqin vaqtlar içida lavozimga tayinlanadi. 

Ovoz beriş jarayonida 69 deputat rozilik bergan, yetti nafari betaraf qolgan.

Bektenovning nomzodi partiya rahbari Yerlan Koşanov tomonidan ilgari surilgandi. Prezident Töqayev ham nomzodni ma’qullagan. Şu bilan birga, davlat rahbari Alixan Smailov özi iste’foga çiqqanini ma’lum qilgan. 

«Hukumat qarorlarni tekzor qabul qiliş va samarali qadamlar qöyişda yangiça, muhim rolni öynaşi kerak. Xalqimizning farovonligi yölida iqtisodiyotni diversifikatsiya qilişni rağbatlantirişga qaratilgan dadil, qat’iy qarorlar qabul qilişimiz kerak. Yangi realliklarga moslaşiş zarur. Biz yangi çaqiriqlarga doş berişimiz, hukumat bunga tayyor bölişi lozim. Hukumat faoliyatiga yangi turtki beriş kerak, jamoatçilik ham şuni kutmoqda. Şu tufayli men Alixan Smailovning iste’fosini qabul qildim», degan Töqayev. 

Prezident Smailov rahbarligidagi hukumat barça sohalarda barqarorlikni ta’minlaganini ta’kidlagan. 

U yangi boş vazir haqidagi fikrlarini ham bildirgan. «Tajribali davlat xizmatçisi, oliy ma’lumotli, taşkilotçilik qobiliyati yaxşi, mehnatkaş. Şu bois öz maqsadlariga erişiş uçun uning salohiyati yetarli, deb öylayman», deya izohlagan Töqayev Bektenov nomzodi böyiça qarorini.

Qosim-Jömart Töqayev 5 fevral kuni Alixan Smailov hukumatini iste’foga çiqargandi. U ikki yil muqaddam — 2022 yil yanvaridagi namoyişlardan keyin boş vazirlikka tayinlangandi. 

Öljas Bektenov 2023 yil aprelidan buyon prezident administratsiyasiga rahbarlik qilib kelayotgandi. U 2016 yildan boşlab korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan, 2022-2023 yillarda idoraga rahbarlik qilgan. Uning rahbarligi davrida şov-şuvli hibslar va sud işlari kuzatilgan, xususan sobiq prezident Nursulton Nazarboyevning jiyani Qayrat Sotiboldi va qudasi Qayrat Böronboyev