Özbekistonning Istanbuldagi boş konsulxonasi qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod etmasligi haqida ogohlantirdi.

«Oramizda çet elga vaqtinçalik yaşaşga yoki sayohat uçun çiqqandan keyin diqqatga sazovor joylarda suratga tuşişni istamaydigan odam bölmasa kerak. Ammo bu bilan çeklanmaydigan qiziquvçan sayyohlarimiz xam uçrab turadi. 

Borgan mamlakati muhitining suratlarda yaxşiroq aks etişi uçun köp narsalarni obektiv orqali muhrlaşga harakat qilib, ba’zida jarima yoki jazoga tortilişi ham mumkin. 

Har bir mamlakatning suratga oliş-olmaslik borasida öz tartib-qoidalari bor. Masalan, Turkiyada mahalliy aholini söramasdan suratga oliş va uni tarqatiş qat’iyan man qilinadi. Ayniqsa mahalliy ayollarni suratga oliş mumkin emas. Bu şaxsiy hayotga tajovuz deb hisoblanadi. 

Uşbu qonunni buzganlik uçun ozodlikdan mahrum qiliniş mumkin. Afsuski, fuqarolarimiz orasida ham mazkur qonunni buzib, Istanbulning Maltepe tumanidagi jazoni ijro etiş muassasasida saqlanayotganlar ham yöq emas», deyilgan xabarda.

Hozirda Boş konsulxona şunday fuqarolarni ozod etib, ularni vatanga qaytariş uçun kerakli işlarni olib borayotgani qayd etilgan. 

Mamlakat fuqarolaridan biror davlatga taşrif buyurişdan avval u yerdagi qonun-qoidalar bilan tanişib çiqiş söralgan.