Respublikaning uçta hududida haydovçilik guvohnomasini olib beriş bilan boğliq firibgarlik holatlari foş etildi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar qildi.

Ma’lum qilinişiça, departament hamda DXXning Pop tumani bölimlari tomonidan tezkor tadbir ötkazilgan. Unda Agrosanoat majmui ustidan nazorat qiliş inspeksiyasi Pop tuman bölimi boş mutaxassisi B.N. fuqaro I.S.ga traktorçi-maşinist guvohnomasini ta’lim taşkilotlarida öqimasdan olib berişi evaziga 5,3 mln sömni olgan vaqtida uşlangan.

Şu kabi, Möynoq tumanda ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.K. 4 nafar fuqaroning işonçiga kirib, ularga 2 000 dollar evaziga yuqori lavozimda işlovçi tanişlari yordamida haydovçilik guvohnomasi oliş uçun bölib ötadigan imtihondan ötkazib qöyişini aytib, 24,7 mln sömni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan. 

Bektemir tumanda ötkazilgan tezkor tadbirda esa fuqaro O.F. fuqaro A.A.ning işonçiga kirib, unga yuqori lavozimda işlovçi tanişlari yordamida haydovçilik guvohnomasini olib berişi evaziga 1 700 dollarini olgan vaqtida uşlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

Oldinroq Qoraqalpoğistonda 2 100 dollarga uçta haydovçilik guvohnomasi olib bermoqçi bölgan şaxs uşlangandi.