Rus propagandasi uning har bir qadamini yoritib bormoqda. «Ostorojno, novosti» Telegram-kanali 29 yanvardan buyon Rossiya davlat naşrlari Karlson ismini ikki ming martadan köp işlatganini sanab çiqdi. Oxirgi kunlarda esa Rossiya davlat naşrlarida uning ismi 14 baravar köproq tilga olingan.

Rus propagandasi Karlson haqida quyidagilarni yozişga ulgurdi:

* Taker Karlsonni Moskvadagi mehmonxonalardan birida körişgan;

* Rossiya jurnalistlari uyuşmasi Taker Karlson a’zolik badalini tölaydigan bölsa, uni öz safiga qabul qilişga rozi;

* Taker Karlsonni «Rossiya» körgazmasida uçratişgan. U Kamçatka ölkasi stendlarini tomoşa qilgan. Keyin Primore stendida leopard yöli böylab yurgan;

* Taker Karlsonni TNTdagi Pavel Volyaning şou-dasturiga taklif qilişdi;

* Taker Karlson mehmonxonani tark etib, prezident ma’muriyati tomon yölga çiqdi;

* Taker Karlson prezident ma’muriyatida bir soatdan köproq bölganidan keyin uning maşinasi binoni tark etdi;

* Taker Karlsonning maşinasi yana prezident ma’muriyati tomon yöl oldi;

* Taker Karlsonni Qrimga taklif qilişdi;

* Taker Karlson hozirça TNTdagi şouda qatnaşiş taklifiga javob bermadi.

Rus propagandasi amerikalik jurnalistning taşrifini bu qadar hijjalab yoritgani rusça satirik naşrlarda hazil ham qilindi. Rostov haqida xabarlar berib boriladigan 161.ru naşri öquvçilar örtasida «Taker Karlsonni kutyapsizmi?» degan sörovnoma ötkazildi. Sörovnomada qatnaşganlarning 30 foizi Karlsonni «unga vegnerçilarning yerini körsatiş uçun» kutayotganini belgilagan.

Parodiya xabarlar e’lon qilib boruvçi IA «Panorama» naşri Karlsonga Birinçi kanalda Ivan Urgantning örnini egallaş taklif qilinayotgani, «Keçki Urgant» şousini «Keçki Karlson»ga özgartirişlari haqida yozdi.

Şuningdek, Rossiya davlat naşrlari AQŞ va Yevropada göyoki Karlson Putindan intervyu olişi mumkinligi uçun «qaltiraşayotgani» haqida turkum xabarlar berildi.

Asosiy maqsad – Putindan intervyu oliş