Toşkent vaqti bilan 8 fevral kuni soat 03:45 da parvoz qilişi rejalaştirilgan SU1871, Toşkent – Moskva reysi texnik sabablarga köra noma’lum muddatga keçiktirildi.

Rossiyaning Aeroflot aviakompaniyasi amalga oşirişi kerak bölgan parvozning keçikiş vaqti 6 soatdan oşmoqda. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.

Ta’kidlanişiça, aviakompaniya tomonidan reys yölovçilarini mehmonxonaga joylaştiriş taşkillaştirilgan. Rasmiy xabarda parvoz jadvaliga kiritilgan özgartirişlar töğrisidagi batafsil ma’lumotlarni aviataşuvçidan, şuningdek, Uzbekistan Airports rasmiy sayti va mobil ilovasi orqali oliş mumkinligi eslatilgan.