Ukraina Oliy Radasi safarbarlik qoidalarini isloh qiliş töğrisidagi qonun loyihasini birinçi öqişda qabul qildi, deb xabar berdi «RBK-Ukraina». 

Qonun loyihasini 243 deputat qöllab-quvvatladi, yana 12 kişi unga qarşi çiqdi, 45 nafari esa betaraf qoldi. 

Uşbu qonun loyihasi, jumladan, harbiy xizmatga çaqiruv yoşini 27 dan 25 ga tuşirişni, şuningdek, elektron çaqiruvni joriy etişni va muddatli harbiy xizmatni bekor qilib, uni bazaviy umumqöşin tayyorgarligi bilan almaştirişni nazarda tutadi. 

Naşrning aniqlik kiritişiça, hujjatga boşqa özgartirişlar 21 fevralgaça kiritilişi mumkin. Şundan söng, Radada ikkinçi öqiş bölib ötadi. Deputat Yaroslav Jyeleznyak qonun loyihasi fevral oyining oxirgi haftasida qabul qilinişi, mart oyi boşida imzolanişi va aprelda kuçga kirişi mumkinligini aytdi.

Qonun loyihasining birinçi varianti Ukraina parlamentiga 2023 yil 25 dekabrda kiritilgan, ammo köplab e’tirozlarga sabab bölgan. Yanvar oyida hujjat qayta körib çiqiş uçun yuborilgan. Oy oxirida Ukraina Vazirlar Mahkamasi qonun loyihasining yangilangan versiyasini Oliy Radaga taqdim etdi.