Senatning elliginçi yalpi majlisida “Kambağallikni qisqartirişda tadbirkorlik sub’yektlari bilan özaro manfaatli hamkorlik örnatişga qaratilgan çora‑tadbirlar belgilanganligi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun körib çiqildi.
Qonun bilan Soliq kodeksiga tadbirkorlik sub’yektlariga ular yaratgan yangi iş örinlari soniga qarab tegişli soliqlarni muayyan muddatlarda bölib-bölib tölaş imkoniyati berilişini, şuningdek yuridik şaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik şaxslardan olinadigan yer soliği pasaytirilgan soliq stavkalari böyiça tölanişini nazarda tutuvçi qöşimçalar kiritilmoqda.

Xususan, kodeksda közda tutilgan qöşilgan qiymat, foyda soliği hamda jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliğidan taşqari barça soliqlarni ular yaratgan yangi iş örinlari soniga qarab bölib-bölib tölaş imkoniyati berilmoqda.
Jumladan:
- 51 tadan 100 gaça yangi iş örin yaratilganda – uç oygaça;
- 101 tadan 200 gaça yangi iş örin yaratilganda – olti oygaça;
- 200 tadan ortiq yangi iş örin yaratilganda – ön ikki oygaça etib ifodalandi.
Şuningdek, “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan fuqarolarni işga qabul qilgan va ular jami işçilar sonining kamida 20 foizini taşkil etgan yuridik şaxslarga mol-mulk soliği va yer soliğidan imtiyoz berilmoqda.

Bunda, soliq imtiyozi miqdori, tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan yangi iş örinlar sonidan kelib çiqib quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
- 51 tadan 100 tagaça yangi iş örni yaratilganda belgilangan soliq stavkasining 50 foizi;
- 101 dan 200 tagaça yangi iş örni yaratilganda belgilangan soliq stavkasining 75 foizi;
- 200 dan ortiq yangi iş örinlari yaratilganda töliq.













