Ukraina Qurolli kuçlari boş qömondoni, general-polkovnik Oleksandr Sirskiy özining yangi lavozimidagi ilk bayonotini berdi.
U dastlab quruqlikdagi qöşinlar va «Xortitsa» operativ-strategik qöşinlar guruhidagi hamkasblariga minnatdorçilik bildirdi. Tayinlanişidan oldin Sirskiy bu qöşinlarga qömondonlik qilgan.
«Kun tartibida yangi vazifalar bor. Bu, birinçi navbatda, xalqaro hamkorlardan keladigan sönggi qurollarga bölgan ehtiyojlarni hisobga olgan holda, barça harbiy qömondonlik va nazorat organlari, qöşinlar va qismlarning harakatlarini aniq va batafsil rejalaştirişdir», dedi Sirskiy.
Boş qömondonning qöşimça qilişiça, boşqa vazifalar qatoriga moddiy-texnik ta’minot va harbiy xizmatçilarning rotatsiyasi ham kiradi. Sirskiy, şuningdek, harbiy rahbariyat «front ehtiyojlarini bilişi va har bir sektordagi vaziyatni nazorat qilişi» kerakligini ta’kidladi.
«Yangi texnik yeçimlarni joriy etiş va muvaffaqiyatli tajribani kengaytiriş, masalan, uçuvçisiz tizimlar va zamonaviy elektron uruş tizimlaridan foydalaniş ozodlik uçun uruşda ğalaba qozonişning kelajakdagi vektorlaridan biridir. Faqatgina uruş vositalari va usullarini özgartiriş va doimiy takomillaştiriş bu yölda muvaffaqiyatga erişiş imkonini beradi», deb qöşimça qildi u.
Şuningdek, Sirskiy Ukraina Qurolli kuçlarining sobiq rahbarlari va uruş faxriylariga minnatdorlik bildirdi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 8 fevral kuni Oleksandr Sirskiyni Ukraina Qurolli kuçlari boş qömondoni etib tayinladi. Sirskiy bu lavozimda general Valeriy Zalujniy örnini egalladi.
Harbiy rahbariyatdagi özgarişlardan söng Volodimir Zelenskiy Ukraina Qurolli kuçlarida özgarişlar kutayotganini aytdi. U Ukraina Qurolli kuçlarining 2024 yilga möljallangan batafsil harakat rejasini taqdim etiş, Ğarb qurollarini frontning birinçi çiziğiga yetkaziş, logistika muammolarini hal qiliş, ştab-kvartiralar sonini qisqartiriş, samarali rotatsiya tizimini yaratiş, harbiy xizmatni takomillaştiriş, harbiy tayyorgarlik sifati va uçuvçisiz qöşinlarni şakllantirişga çaqirdi. Bundan taşqari, Zelenskiy «har bir general frontdagi vaziyatni bilişi kerak», dedi.













