Endi dars qoldirayotgan öquvçilarning xonadoniga “Ogohlantiriş xati” yetkaziladi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.

Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi, Milliy gvardiya hamkorligida maxsus Işçi guruh tuzilgan hamda bu borada kelgusida amalga oşirilişi zarur bölgan işlar rejasi tuzib çiqilgan.

Ma’lum qilinişiça, respublikadagi barça maktablarga ota-onalarga yuboriladigan “Ogohlantiriş xati” namunalari yetkazilgan bölib, bu orqali darsda iştirok etmayotgan öquvçilar oila a’zolarining mas’uliyati va javobgarligi ham oşiriladi.

Endilikda maktab mas’ullari tomonidan şu namunadagi “Ogohlantiriş xati” tezkor ravişda öquvçilarning yaşaş manzillariga yetkaziladi.

“Ogohlantiriş xati”da ota-onalar öz farzandlarining maktabga borişini ta’minlaş mas’uliyatini oşiriş maqsadida MJtK 47-moddasi mazmun-mohiyati tuşuntirib ötilgan. Mazkur vazifalarni amalga oşiriş uçun har bir maktabga Milliy gvardiya ofitserlari biriktirilgan.

Qayd etilişiça, haftada kamida bir marta Milliy gvardiya, Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi vakillari iştirokida bolalarning ma’naviyati, tarbiyasi va davomati böyiça ota-onalar bilan uçraşuvlar ötkaziş amaliyoti joriy etilmoqda.

Ma’lumot uçun, statistikaga köra, ötgan yili voyaga yetmaganlar tomonidan 3,5 mingta jinoyat sodir etilgan. Şundan 2 ming 280 nafarini maktab öquvçilari sodir etgan. Şu sababli mavjud muammolarga ijobiy yeçim topiş maqsadida maktablardagi inspektor-psixologlar ştati Içki işlar vazirligidan Milliy gvardiya tizimiga ötkazilişi belgilandi.