Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 12:02 / 10.02.2024
11527
1 daqiqa o‘qiladi
Davlat bog‘chalarida pedagoglarning haftalik ish yuklamasi qanchaligi ma’lum qilindi
Davlat bog‘chalarida pedagoglarning haftalik ish yuklamasi qanchaligi ochiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lumot bermoqda.
Qonunchilikka ko‘ra, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida pedagog xodimlar uchun haftalik ish yuklamasi quyidagi miqdorlarda bo‘lishi belgilab qo‘yilgan:
- Til bo‘yicha o‘qituvchi – 18 soat;
- O‘qituvchi-logoped, o‘qituvchi-defektolog – 24 soat;
- Musiqa xodimi, xoreograf – 24 soat;
- Jismoniy tarbiya yo‘riqchisi – 30 soat;
- Tarbiyachi, tarbiyachi-metodist – 36 soat;
- Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tarbiyachisi, tarbiyachi-metodisti – 25 soat;
- Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining yordamchi tarbiyachisi – 36 soat.
Mavzuga oid
13:30 / 31.10.2025
Eng yaxshi 50 nafar texnikum pedagoglari har yili xorijda malaka oshiradi
15:47 / 04.03.2025
Toshkent viloyatidagi bog‘cha xodimi bolalarni gimnastika tayoqchasi bilan urdi
20:43 / 28.06.2024
Buxorodagi bog‘chada bolalardan birining otasi boshqa bolaga jarohat yetkazdi
15:26 / 22.06.2024