SSSR ikkinçi jahon uruşidan söng Ğarb dunyosiga raqobatçi qutb sifatida maydonga çiqadi. Stalin ölimi arafasida NKVD tarkibidan alohida taşkilotga aylantirilgan KGB köp ötmay alohida böladi va butun dunyo böylab josuslik tarmoqlarini taşkil etadi.

KGB uçun işlagan josuslarning bir qismi foş böladi, boşqalari Ğarbga qoçib ketadi. Muvaffaqiyatli işlagan josuslarning ism-şarifi hanuzgaça sir tutib kelinadi.

2020 yilda Rossiya taşqi razvedka xizmati özining 100 yilligi munosabati bilan birinçi marta “maxsus rezerv”ga kiritilgan va ma’lumotlari sir saqlangan yetti nafar taniqli sovet va rus josuslarining ism-şariflarini oşkor qildi.

Ularning barçasi yillar davomida öta maxfiy tarzda SSSR va Rossiyaning xorijiy vakolatxonalari bilan heç qanday aloqa örnatmagan holda işlagan. Bunday şaxslar “nolegal josuslar” deb ataladi.

“Nolegal josus” kim? Öz millati, davlati va ism-şarifini yaşirib, butunlay boşqa ism, özga millat va davlat vakili sifatida yaşagan josuslar “nolegal josuslar” maqomida bölişgan.

Bir söz bilan aytganda boşqa “nolegal josuslar” boşqa nom ostiga yaşirinadigan odamlar. Ular birida amerikalik, boşqasida fransiyalikka aylanişadi.

“Şunday paytlarda siz batamom boşqa odamga aylanişingiz va qaysi millat vakili bölsangiz, ularning madaniyatini, tilini, urf-odatlarini mukammal bilişingiz kerak”, degan edi KGB josuslaridan biri Gevork Vartanyan öz intervyularidan birida.

Eronda "fors" qiyofasida yaşagan Gevork Vartanyan va xotini 1943 yilda Tehronda ötkazilgan konferensiya kunlarida Stalin, Ruzvelt va Çerçillga uyuştirilgan suiqasdning oldini olişga yordam berişgan.
Foto: dzen.ru

Aynan Vartanyan va uning rafiqasi Goar 1943 yilda Tehronda nemis josuslik xizmatlari tomonidan Gitlerga qarşi koalitsiya tuzgan davlatlar rahbarlari – Stalin, Ruzvelt va Çerçillga uyuştirilgan suiqasdning oldini olişga yordam berişgan.

Vaqt ötişi bilan “nolegal josus” obrazi sovet madaniy hayotiga ham kirib boradi va u haqda asarlar yoziladi, filmlar işlanadi. “Bahorning ön yetti lahzasi” yoki “Razvedkaçining jasorati” kabi filmlarni eslang. Bu filmlar qahramonlari öylab topilgan va hayotda heç qaçon unday bölmagan.