Toşkent viloyatining Yangiyöl şahrida avtomobil şinasi öğrilari qölga olindi. Bu haqda viloyat IIBB xabar berdi.
Qayd qilinişiça, Yangiyöl şahrida yaşovçi 2001 yilda tuğilgan B.I. tengdoşi J.A. va şerigi 1997 yilda tuğilgan N.N. bilan birgalikda Yangiyöl şahri, tumani va Quyi Çirçiq tumanida önga yaqin Cobalt avtomobillarining şinalarini tunda yeçib olib, sotiş bilan şuğullangan. Ular jinoiy yöl bilan qölga kiritgan mablağlarni şaxsiy ehtiyojlari uçun işlatib yuborişgan.
Uşbu şaxslar protsessual tartibda qölga olinib, ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (öğrilik) 3-qismi «b» bandi bilan jinoyat işi oçilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.















