Angliya: «Arsenal» 10 yildan buyon kuzatilmagan işni qildi

«Vest Hem» — «Arsenal» 0:6
Gollar: Saliba (32), Saka (41 penalti, 63), Gabriel (44), Trossar (45+2), Rays (66).
«Vest Hem» – Areolya, Tsoufal, Zuma (Mavropanos, 46), Agerd, Emerson (Kressuell, 76), Jonson, Uord-Prouz, Souçek, Alvares (Fillips, 46), Quddus, Bouen.
«Arsenal» – Rayya, Uayt (Soareş, 77), Gabriel, Saliba, Kiver, Edegor, Rays (El Nenni, 67), Haverts, Trossar (Nketia, 67), Martinelli (Nvaneri, 77), Saka (Nelson, 67).
Ogohlantirişlar: Alvares (9), Areolya (38), Quddus (76), Fillips (90+1).

«Arsenal»da sönggi vaqtlarda «Vest Hem»ga qarşi derbilarda muammolar kuzatilayotgandi va «bolğaçilar» prinsipial raqibga aylangandi. Dekabrdagi birinçi davra öyinida «kanonirlar» barça körsatkiçlar böyiça töliq ustunlikka erişgan, ammo vaziyatlardan foydalana olmasdan yutqaişgandi (0:2). Hisob 0:3 körinişini olişi ham mumkin edi, ammo Benrahma qöşimça daqiqalarda 11 metrdan gol ura olmagandi. Undan oldingi ikki uçraşuvda ham ğalaba bölmagandi (Liga kubogida 1:3 va APLning ötgan mavsumi ikkinçi davrasida 2:2 – bu oçko yöqotişdan keyin jamoaning çempionlik poygasidagi imkoniyatlari pasayib ketgandi). Qasos oliş vaqti kelgandi va bu qasos öta şafqatsizlik bilan olindi.

«Arsenal» odatdagi kabi darhol taşabbusni öz qöliga oldi. Birinçi bölimning uçdan bir qismi ortda qolayotganida jamoa öyinning 82 foiz vaqtida töpga egalik qilayotgandi. Lekin ikki jamoada ham xavfli vaziyatlar yuzaga kelmadi. Vaziyat 23-daqiqadan özgara boşladi, Sakaning öng qanotdan uzatmasidan keyin Trossar töpni töxtatmasdan boş bilan zarba berdi va Areolyaning reaksiyasini tekşirib kördi. Darvozabon uxlab qolmadi va tösin ostiga kirayotgan töpni yuqoriga kötarib yubordi.

Bu haqiqiy qatl marosimi oldidan şunçaki çigalyozdi maşğuloti bölib çiqdi. Asosiy jallod vazifasini esa Rays bajardi, unga sobiq jamoasi muxlislari tomonidan öyin davomida huştakbozlik qilib turildi, ammo bu uning faqatgina jahlini çiqardi:

  • 32-daqiqa: Rays burçak zarbasidan töpni olis ustun oldiga yetkazib berdi va Saliba barçadan özib ketib, ikkinçi qavatda ğolib çiqdi - 1:0.
  • 41-daqiqa: Trossar dohiyona pas bilan Sakani oldinga boşladi, u ofsayd çiziğini töğri uşladi va raqib himoyaçilaridan qoçib ketib, Areolya bilan yakkama-yakka vaziyatga çiqib bordi. Fransuz esa angliyalikni yiqitdi. Jabrlanuvçining özi penaltini aniq ijro etib hisobni 2:0 körinişiga keltirdi.