“Negadir qabulimga kelganlar “yoşgina qiz ekansiz, balki, tuşunmassiz” deb gapni boşlaydilar. Men kulib, “qani keling, ötiring-çi, tuşunişga harakat qilaman, har holda 18 yoşli emasman”, deyman kulib”. Bugungi hayotiy hikoya qahramonlari biroz boşqaça. Biri ikkinçisini parvariş qilgan, biri kundoşining farzandlariga uyini meros qoldirayotgan ikki ayol haqida. 

“Bir kuni qabulimga iymanib, tortinib bir ayol keldi. Ançagaça gapni nimadan boşlaşga qiynalib ötirdi. Bir piyola çoy quyib uzatdim va muammosini söradim. 

Aytişiça, bir hovlida yaşaydigan kundoşi (turmuş örtoğining rasmiy nikohdagi xotini) uning öğillarining nomiga özi yaşaydigan uy-joyni vasiyat qilib bermoqçi ekan. 

- Tuşunmadim, qanday qilib, bir hovlida, bizning davlatimiz qonunlariga köra, ikki xotinlik mumkin emas... 

- Eh, singlim, - deb yiğlab yubordi ayol. – Tuşunişingiz qiyinligini bilardim. Gap şundaki... 

Ayolning hikoya qilişiça, turmuş örtoğining birinçi oilasidan 1 nafargina farzandi bölgan ekan. Şu yigit kattagina bölganida noma’lum sababga köra özini osib qöyib, vafot etadi. Onaizor farzand doğidan insultga çalinadi va oyoqlari yurmay qoladi. Er 5 yil davomida uni davolatadi, olib bormagan joyi qolmaydi. Oxiri umidi uzilgaç, özi yaşagan mahalladan turmuş qurmagan, 40 yoşlardagi bir ayolga sovçi qöyadi. Bölğusi oilasiga birinçi ayolining ahvolini, uni taşlab qöya olmasligini, u bilan bir hovlida yaşaşga töğri kelişini aytadi. Baxti oçilişini kutişdan çarçagan ayol bu şartlarga könadi. Turmuşga çiqadi va “opa”sini parvarişlaydi. Şu orada uning ikki nafar öğli tuğiladi, ikkalasi “katta ona”sini buvi örnida juda yaxşi körişadi. Bu hol eri vafot etgandan keyin ham davom etib kelmoqda ekan.

- Şu kunlarda opam juda bezovta, vafot etmasimdan oldin, uy-joylarini öğillarimga vasiyat qilişni istayapti. Keyinçalik, boşqalar da’vo qilmasin deyaptilar, - dedi ayol qimtinibgina.

Xullas, uyiga borib, bemor ayol bilan suhbat qildim. Juda katta fojiani boşidan ötkazgan ayol, haqiqatan ham “singlisi”ning farzandlarini öz farzandlaridek körişini va nomidagi uy-joyni ularga vasiyat qilmoqçi ekanini aytdi. Men vasiyatnomani tuziş va tasdiqlaş tartibini tuşuntirdim va uning irodasini tasdiqlab berdim.

Notariuslik faoliyatimda şu kabi voqealar ham uçrab turadi”.

Yunusobod tumanida xususiy amaliyot bilan şuğullanuvçi notarius Çaros Razzoqovaning sahifasidan olindi.