Niderlandiyaning sobiq boş vaziri Dris van Agt va uning rafiqasi Eugeniya 5 fevral kuni 93 yoşda birgalikda hayotdan köz yumdi. Bu haqda Le Figaro xabar berdi.
Qayd qilinişiça, er-xotin oğir va bedavo kasallik tufayli evtanaziya (öz ixtiyoriga köra dunyoni tark etiş) jarayonidan ötgan. Ular 70 yil birga hayot keçirgandan keyin, «bir-birisiz yaşay olmasligini» tuşunib, şu jarayondan ötiş haqida qaror qabul qilişgan.
Dris van Agt 2019 yildan beri miyasiga qon quyilişi oqibatlaridan aziyat çekib kelayotgan edi. U 1977 yildan 1982 yilgaça Niderlandiya boş vaziri bölib işlagan. 1980-yillarda esa Yevropa Ittifoqining AQŞ va Yaponiyadagi maxsus vakili bölgan.
Niderlandiyada 2002 yildan beri evtanaziya va öz joniga qasd qilişga yordam beriş qonuniylaştirilgan. Biroq, juftliklar evtanaziyasi brinçi marta faqat 2020 yilda kuzatilgan, ular 26 kişiga ta’sir qilgan. Ta’kidlanişiça, bunday jarayonlar soni yil sayin ortib bormoqda: 2021 yilda 32 ta, 2022 yilda 58 tasi qayd etilgan.













