13 fevral kuni kunduzi rossiyalik harbiy muxbirlar va Z-kanallar Rossiya qöşini Ukraina qurolli kuçlarining Donetsk oblasti Pokrovsk rayoni Selidovo şahridagi öquv poligoniga raketa zarbasi bergani va bu zarba oqibatida yuzlab ukrain harbiylari halok bölgani haqida yozişdi. Ukraina qurolli kuçlari esa bu xabarlarni dezinformatsiya deb atadi.

Selidovo böylab zarba berilgani haqida birinçilardan bölib «Komsomolskaya pravda» muxbiri Aleksandr Kots xabar tarqatdi. U öz telegram-kanalida poligon «göştqiymalagiçga aylangani»ni aytib, Ukraina qurolli kuçlarining yangi boş qömondoni Oleksandr Sirskiyni «general 200» deb atadi. Yana bir rossiyalik «voyenkor», Yuriy Kotyonok esa «bir neça ön qurbon» va yuzdan ortiq yarador haqida yozdi. U ukrain pabliklari bu zarba böyiça «maksimal darajada sukut saqlaşi», çunki bu Sirskiy uçun «juda yomon voqea» bölganini ta’kidladi.

Mash telegram-kanali ham biror manbaga havola qilmagan holda Selidovoda Ukraina QKning bir yarim mingga yaqin harbiy xizmatçisi bölgani, ular Avdiyivkaga yuborişga tayyorlangani haqida xabar tarqatdi. Mash qurbonlar va yaralanganlar sonini ham biror manba keltirmasdan 300 dan 1500 gaça baholagan. Şu bilan birga, kanal mualliflari önlab ukrain harbiylari oçiq maydonda turgani aks etgan videoni namoyiş etib, aynan şu videodagi harbiylar zarba ostida qolganini bildirgan, lekin bu video ijtimoiy tarmoqlarda 2023 yil noyabr oyida tarqalgandi.

Selidovo böylab zarba haqida TASS davlat agentligi ham yozgan — Oliy radaning sobiq deputati Igor Mosiyçukka tayangan holda. Mosiyçuk Selidovodagi voqea haqida öz telegram-kanalida yozib, «bu yerga zarba kelib tuşgani» va «qurbonlar va yaradorlar töğrisida hozirça aniq ma’lumot yöqligi»ni bildirgan. Sobiq deputat hujum haqidagi ma’lumotni qayerdan olganiga aniqlik kiritmagan.

Rybar telegram-kanali Rossiya qöşini 13 fevral kuni kunduzi Selidovodagi nişonlar böylab davomli zarbalar yöllagani va «raqibning yirik vaqtinça joylaşuv manzili»ni aniq nişonga olgani haqida yozgan. Kanal ma’lumotiga köra (bu haqda boşqa harbiy muxbirlar ham yozişgan), zarba «Iskander» raketa kompleksidan kassetali öq-dorilar qöllangan holda berilgan. Telegram-kanal jabrlanuvçilarning aniq sonini keltirmagan, «yuzlab qurbonlar töğrisidagi ma’lumotni tasdiqlaş juda qiyin» ekanini ta’kidlagan. Şu bilan birga, Rybar’ning tasdiqlaşiça, hodisadan keyin hudud ihotalangan va u yerda «Ukraina xavfsizlik xizmati iş boşlagan». Şunga asoslangan holda telegram-kanal bu yerda jiddiy nişonga zarba berilgani haqida xulosa qilgan: «yoki katta miqdordagi şaxsiy tarkib, yoki yuqori martabali ukrain zobitlari».