2024 yilda Özbekistonda iqtisodiy ösiş 5,5-6 foiz atrofida bölişi kutilmoqda. Bu haqda Markaziy bank tomonidan e’lon qilingan «2023 yilning IV çoragi uçun pul-kredit siyosati şarhi»da ma’lum qilindi.
Taşqi iqtisodiy şaroitlarning rivojlaniş istiqbollari
2024 yil uçun global iqtisodiy ösiş AQŞ iqtisodiyoti, bir qator yirik rivojlanayotgan davlatlar, jumladan, Xitoy iqtisodiyoti böyiça ijobiy kutilmalar fonida 3,1 foizni taşkil etişi prognoz qilingan.

Asosiy savdo hamkorlar orasida ham joriy yilda nisbatan pastroq iqtisodiy ösiş prognozlari mavjud.
Asosiy xatar sifatida Xitoy iqtisodiyoti ösişining sekinlaşişi keltirilgan. Bu asosan, zaif iste’mol talabi, köçmas mulk va quriliş sektorlaridagi mavjud muammolar, investitsiya faolligi pasayişi va korporativ sektordagi yuqori qarzdorlik bilan izohlangan.
Rossiya iqtisodiyoti böyiça prognozlar aksinça yuqorilaş tomonga töğrilangan. Mudofaa sanoati va import örnini bosuvçi mahsulotlar işlab çiqariş sektorlaridagi ösiş ijobiy kutilmalarni qöllab-quvvatlovçi asosiy omillardan bölgan.
«Qat’iy pul-kredit siyosati bilan birgalikda nisbatan barqaror şakllangan rubl kursi inflatsiyaning birinçi yarim yillikda muvozanatda bölişiga xizmat qiladi», deyiladi MB şarhida.
Qozoğiston iqtisodiyoti ösişi böyiça kutilmalar biroz salbiy tomonga qayta körib çiqilgan. Bu özgariş, OPEK+ guruhi kelişuvi asosida 2024 yilda vaqtinçalik neft işlab çiqariş hajmlari qisqartirilişi bilan boğliq. Joriy yilda qat’iy pul-kredit siyosati yuritilişi oqibatida Turkiya iqtisodiyotining kutilganidan pastroq ösişi ham prognoz qilinmoqda.
2024 yilda AQŞ Federal zaxira tizimi(FZT) foiz stavkasining 4,6 foizgaça pasayişi ta’sirida jahon moliya bozorlarida moliyalaştiriş qiymati uçun etalon bölgan forvard SOFR stavkasi ham yil oxiriga kelib 5,3 foizdan 4 foizgaça, 2025 yil oxiriga kelib esa 3,3 foizgaça pasayişi kutilmoqda.

Mis, oltin va neft narxi böyiça kutilmalar














