Netanyahuga «yaşil çiroq», çöktirilgan Rossiya kemasi va Trampning migrantlar uçun tahdidli va’dalari - kun dayjesti
|01:45 / 15.02.202413 8849 min
Dunyoda sodir bölayotgan ahamiyatli voqea-hodisalar, yangiliklar va bayonotlarning muxtasar şarhi bilan odatdagidek kundaligimizda taniştirişda davom etamiz.
Ğazodagi vaziyat
Ğazo sektorining Misr bilan çegaradoş janubiy qismidagi Rafah şahriga Isroilning bostirib kirişiga Bayden administratsiyasi aftidan «yaşil çiroq» yoqqanga öxşaydi. Politico naşrining xabariga köra, AQŞ prezidenti Jo Bayden administratsiyasining Rafahga kutilayotgan hujum natijasida tinç aholi örtasida qurbonlarning oldini oliş talabiga Isroil rioya etmagan taqdirda ham Binyamin Netanyahu ta’qib qilinmaydi.
Naşr Oq uydagi uçta mustaqil manbadan ma’lumot keltirgan, unga köra, heç qanday tanbeh beriş rejasi işlab çiqilmayapti, bu esa Isroil kuçlari şaharga kirib, oqibatlardan qörqmasdan tinç aholiga bemalol zarar yetkazişi mumkinligini anglatadi.
Amerikalik demokrat senator Kris Van Hollen Senat yiğilişida Isroilni Ğazo sektorida sodir etilgan harbiy jinoyatlarda aybladi.
«Ğazodagi bolalar ölmoqda. Bu — harbiy jinoyat. Bu esa uni taşkillaştirayotganlarni harbiy jinoyatçilarga aylantiradi. AQŞ bu holda nima qilişi kerak? Biz nima qilişimiz kerak? Prezident Bayden nima qilişi kerak? Prezident sodir bölayotgan voqealarga qarşi çoralar körişi kerak?» — degan siyosatçi.
Niderlandiya sudi Isroilning F-35 harbiy samolyotlariga ehtiyot qismlar yetkazişni töxtatiş haqida qaror çiqardi.
«F-35 uçun eksport qilinayotgan butlovçi qismdan xalqaro humanitar huquqning jiddiy buzilişi uçun işlatişi tahdidi borligini rad etib bölmaydi», — deyilgan sud qarorida.
Qizil dengizdagi vaziyat
Qizil dengizdagi krizis yuk taşuvçi kemalarni suğurtalaş narxining keskin oşişiga olib kelgan.
Husiyçilarning muntazam hujumlari natijasida Qizil dengizda vaziyat taranglaşgaç, Suvayş kanali orqali kemalarning tranzitiga zarar yetgan va bu global inqirozni keltirib çiqargan. Bu yönaliş dengiz taşuvlarining boş arteriyasi hisoblanadi va dunyodagi savdoning 12 foizi şu yerga töğri keladi.
Sönggi ikki oy içida Suvayş kanali orqali jahon savdo hajmlari 42 foizga tuşib ketgan, kemalarni suğurtalaş narxi esa 10 barobarga oşgan, bu esa inqirozni yanada qizitgan.
Bu vaziyat Isroilda ham jiddiy taşviş keltirib çiqarmoqda, çunki ularning savdo-sotiği Suvayş kanali bilan boğliq.
Mavzuga oid
Bundan taşqari Qohiraning Suvayş kanali orqali kemalar tranzitidan oladigan tuşumi ham yanvar oyida ikki barobarga qisqarib, 428 mln dollargaça tuşib ketgan.
Ukrainadagi uruş
Ukrainadagi uruşni muzlatiş masalasini Rossiya prezidenti Vladimir vositaçilar orqali AQŞga taklif etgan, biroq muzokaralar barbod bölgan, deb xabar beradi Reuters agentligi.
Agentlik manbalariga köra, 2023 yilda Putin Yaqin Şarqdagi arab hamkorlari orqali hozirgi çegaralarda mojaroni muzlatişni taklif qilgan, biroq okkupatsiya qilingan Ukraina hududlaridan voz keçişni istamagan. Amerikaliklar öt oçişni töxtatişni Ukrainasiz muhokama qilmasliklarini, Ukrainaga bosim ötkazmasliklarini bildirişgan.
Ya’ni Amerika Putinning şartlariga könmasdan, Ukrainani harbiy jihatdan qöllab-quvvatlaşda davom etadi.
Rossiya Qora dengizdagi yana bir harbiy kemasidan ayrilgani xabar qilindi. «Tsezar Kunikov» katta desant kemasi 14 fevral tongida Ukraina boş razvedka boşqarmasining dengiz dronlari hujumiga duçor bölib çöktirilgan. Kema ekipaji omon qolgani aytilmoqda.
«Ukraina qarşi hujumga ötişni yiğiştirib, mudofaa operatsiyalarini ötkazişga ötgan», degan Ukraina qurolli kuçlarining yangi boş qömondoni Sirskiy.
«Askarning joni — boş qadriyatimiz. Butun şaxsiy tarkibni qurbon qilib yuboriş örniga qandaydir pozitsiyadan çekinişga doim tayyor bölganman», — degan Sirskiy.
Sirskiy 2014 yildayoq Ukraina va Rossiya örtasidagi uruş uzoqqa çözilişini bilgan.
Uning aytişiça, Rossiya 3 oktyabrdan buyon hujumga ötgan. Rossiyaning uruşdagi yöqotişlari ukrainlarnikidan 7-8 barobar köproq, çunki rossiyalik komandirlar «zambarak yemi şturmlari» taktikasidan köproq foydalanişadi.
«Biz uruşni öz çegaralarimizga çiqiş bilan tugatişimiz kerak. Boşqa variantlar körib çiqilmayapti, çunki boşqa variantning özi yöq», — degan Sirskiy.
Ekspertlar Rossiya omborlardan eski tanklarni çiqarib, bemalol yana uç yil uruşga turib bera olişi mumkinligini aytişmoqda, deb yozadi Reuters.
2022 yilning fevralidan buyon Rossiya Ukrainada 3 mingdan ortiq tanklaridan ayrilgan. Bu uruşgaça bölgan arsenalga teng. Biroq ular sifatni son bilan almaştirişga muvaffaq bölişgan. Military Balance naşri ma’lumotiga köra, hozir Rossiyaning 1750 ta asosiy jangovar tanklari bor. Yana 4 mingdan ortiq tanklar omborlarda saqlanmoqda.
Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel saylovdan keyin Putin Ukrainaga yangi hujum boşlaşini ta’kidlab ötdi.
«Rossiyadagi saylovlar ötib olgaç, Ukrainaga yana bir yirik hujum uyuştirişi mumkin», — degan Borrel Kiyevga taşriflari yakunlariga köra.
Şu sabab Borrel qöhna qit’a davlatlarini Ukrainani qöllab-quvvatlaşni kuçaytirişga çaqirgan.
«Yevropa Ittifoqi va unga a’zo davlatlar yaqin oylar içida Ukrainaga Rossiya bosqiniga qarşi turiş uçun qançalik vositalar taqdim etişi Ukraina uçun ham, Yevropa Ittifoqi xavfsizligi uçun ham muhim ahamiyatga ega böladi», — degan Borrel.
Ukrainaga yordam
AQŞ senati Ukrainaga harbiy yordam loyihasini qabul qildi. Biroq hali qonun loyihasi Vakillar palatasi tasdiğidan ham ötişi kerak.
13 fevral kuni AQŞ senati Ukraina, Isroil va Tayvanni qöllab-quvvatlaş uçun 95 mlrd dollar ajratiş töğrisidagi qonun loyihasini ma’qulladi. Bu yordamning katta qismi — 61 mlrd dollari Ukraina uçun möljallangan.
Endi loyiha Vakillar palatasiga kongressmenlar körib çiqişi uçun jönatiladi. Demokratlar soni köpçilik bölgan Senatdan osongina ötgan loyiha trampçi-respublikaçilar soni köp bölgan Vakillar palatasidan ötişi qiyin böladi. Palata spikeri, respublikaçi Mayk Jonson loyiha ovozga qöyiş uçun olib çiqilmasligi haqida «aniq signallar jönatmoqda», deb yozadi The Hill naşri.
Eslatib ötamiz, respublikaçilar yordam paketida AQŞning Meksika bilan çegarasini mustahkamlaş uçun ajratilgan mablağ ham bölişini istaşmoqda.
Ukrainaga harbiy yordam berişga oşiqayotgan AQŞ Kiyev 2024 yilda NATOga taklif etilmasligini ta’kidladi.
Ukraina joriy yilda NATOga taklifni kutmasligi kerak, degan AQŞning şimoliy alyansdagi elçisi Julianna Smit. «Men bu bosqiçda alyans taklifnoma yuborişini kutmayapman», — degan Smit NATOning iyul oyida Vaşingtonda ötadigan sammitiga işora qilib.
Ötgan yili Litvada bölib ötgan sammitda NATO yetakçilari Ukrainaning kelajagi şimoliy alyansda ekanini qayd etgan, biroq taklifnoma jönatiş yoki a’zolik muddatini belgilaş bilan maşğul bölişmagan.
Rheinmetall direktori Armin Papperger Ukrainaga Germaniyada işlab çiqarilayotganidan uç barobar köproq snaryadlar kerakligini ta’kidlab ötgan.
Germaniyadagi eng yirik mudofaa konserni Ukraina qurolli kuçlarining ehtiyojlarini qoplay olmaydi. Çunki Ukrainaga yiliga 2 mln snaryad kerak, Rheinmetall esa hali kelgusi yilga borib yillik işlab çiqariş hajmini 700 mingga çiqara oladi, deb yozadi Bild.
Darvoqe, Rossiya neftiga joriy etilgan narx çekloviga rioya etmasdan, uning neftini taşiyotgan flotiga AQŞ tomonidan qöllanilgan sanksiyalar iş bera boşlagan: tankerlarning teng yarmi neft taşişni bas qilgan.
Bloomberg naşrining qayd etişiça, hali töliq manzara aniq ems. AQŞ moliya vazirligi tankerlarga sanksiyalarni paketlarga bölib joriy qilmoqda. 18 oktyabrdan buyon sanksiyaga uçragan 50 tankerdan 18 tasi yuk taşişda davom etmoqda.
Trampning va’dalari
Yana AQŞ prezidenti etib saylaniş uçun kuraşayotgan Donald Tramp agar şu yilning noyabr oyida ötadigan saylovlarda ğolib çiqsa AQŞdan millionlab nolegal migrantlarni deportatsiya qilişni rejalaştirmoqda, deb yozadi Axios naşri.
Tramp bu rejasini amalga oşiriş uçun barça idoralarni işga solmoqçi va çegaralarda deportatsiyani kutayotganlar uçun obektlar qurmoqçi.
Şuningdek, Tramp agar prezident bölib qolsa NATO budjetiga yetarli mablağ ötkazmayotgan alyans a’zolarini Rossiya agressiyasidan himoya qilmasligini ham ta’kidlab ötgan.
AQŞning amaldagi prezidenti Jo Bayden bu gaplari uçun Trampni Putin oldida qulluq qilayotganlikda aybladi.
«AQŞning sobiq prezidenti şu gaplarni aytayotganini tasavvur qila olasizmi? Butun dunyo buni eşitdi. Eng dahşatlisi şundaki — u bu gaplarni jiddiy ohangda aytmoqda. Tariximizda birorta prezident Rossiya diktatori oldida qulluq qilmagan», — degan Jo Bayden.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi