“Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Özbekiston Respublikasi milliy qonunçiligini Jahon savdo taşkiloti bitimlariga muvofiqlaştirişni nazarda tutuvçi özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.
Adliya vazirligi tomonidan işlab çiqilgan qonunga binoan, “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari töğrisida”gi, “Tovar belgilari, xizmat körsatiş belgilari va tovar kelib çiqqan joy nomlari töğrisida”gi, “Reklama töğrisida”gi, “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati töğrisida”gi va “Davlat boji töğrisida”gi qonunlarga özgartiş va qöşimçalar kiritildi.
Jahon savdo taşkilotining Xizmatlar savdosi böyiça boş bitimi talablariga muvofiq çet el investitsiyalari iştirokidagi korxonalar va mahalliy korxonalarni davlat röyxatidan ötkazganlik uçun davlat bojining miqdori birxillaştirilgan holda BHMning 1 baravari deb belgilandi. Bungaça xorij kapitali iştirokidagi korxonalar uçun boj 10 BHM miqdorida edi.
Şuningdek, milliy intellektual mulk tizimini JSTning Intellektual mulk huquqining savdo bilan boğliq jihatlari töğrisidagi bitimi talablariga uyğunlaştiriş maqsadida quyidagilarni közda tutuvçi qoidalar kiritildi:
- hukumat tomonidan patent egasining ruxsatisiz undan foydalanişga ruxsat beriş mumkin bölgan aniq holatlar hamda ularga tovon puli tölanişi;
- özga şaxsga tegişli sanoat mulki obektidan (patentdan) jamoat manfaatlari uçun majburiy litsenziya asosida foydalaniş huquqini oliş va bunday foydalanganlik uçun patent egasiga mutanosib miqdorda tovon pulini tölanişiga oid alohida normalarni kiritiş;
- patentlangan usuldan foydalaniş jarayonida yuzaga keladigan nizolarda isbotlaş majburiyatini aniqlaştiriş;
- insofsiz raqobat oqibatida röyxatga olingan tovar belgilarini bekor qiliş böyiça da’vo muddatini bekor qiliş;
- mahalliy va xorijiy talabnoma topşiruvçilarga intellektual mulk obektlarini davlat röyxatidan ötkazişda bir xil imkoniyat yaratiş, xususan, patent boji miqdorlarini norezidentlar va rezidentlar uçun birxillaştiriş, şuningdek, mazkur yangi stavkalarni jismoniy va yuridik şaxslar kesimida belgilaş;
- ixtiro va foydali modellarni davlat röyxatidan ötkazişda II guruh nogironligi bölgan şaxslarga belgilangan patent bojining 90 foizi, ta’lim oluvçi şaxslarga, ilmiy va ilmiy-pedagogik xodimlarga 30 foizi, yuridik şaxs bölgan kiçik tadbirkorlik sub’yektlariga, davlat akkreditatsiyasidan ötgan ta’lim taşkilotlariga va ilmiy taşkilotlarga 25 foizi miqdorida imtiyozlar beriş;













