Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi Janubiy Koreyada noqonuniy bölib turgan özbekistonliklarni 29 fevralgaça mamlakatdan çiqib ketişga çaqirdi.

Agentlikka köra, Janubiy Koreyada noqonuniy bölib turgan Özbekiston fuqarolari 2024 yil 29 fevralgaça uşbu davlatdan çiqib ketişi mumkin. Buning uçun çiqib ketişdan 3 iş kuni oldin Immigratsiya xizmatiga borib, ketiş töğrisida ixtiyoriy ariza töldiriş, pasport va aviaçipta taqdim etiş zarur.

Immigratsiya xizmati beradigan tasdiqnoma bilan vatanga muammosiz qaytib kelişi mumkin.

Immigratsiya xizmati ma’lum qilişiça, noqonuniy bölib turgan fuqaro uşbu imkoniyatdan foydalanib, öz xohişi bilan çiqib ketsa, deportatsiya qilinmaydi va kelgusida Janubiy Koreyaga qayta kirib boriş imkoniyatiga ega böladi.

Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi özbekistonliklarni Janubiy Koreya migratsiya qonunlarini buzmaslikka va nolegal holatga ötmaslikka çaqirgan.