Rossiyada va xorijda 16 fevral kuni Yamalo-Nenetsk okrugidagi 3-sonli axloq tuzatiş koloniyasida vafot etgan siyosatçi Aleksey Navalniy xotirasi uçun aksiyalar boşlandi. Rossiyaliklar asosan siyosiy qatağonlar qurbonlari uçun örnatilgan yodgorliklar oldiga gullar olib kelişdi. Ayrim şaharlardagi yodgorliklar oldida politsiya navbatçilikda turdi: Ulyanovskda fuqaro kiyimidagi xodimlar qöyilgan gullarni olib taşlaş va aksiya iştirokçilarini suratga tuşiriş bilan maşğul bölişdi, Novosibirskda politsiyaçilar «minalaştirilgani» haqidagi xabar bilan hududni örab olişdi.
Sönggi ma’lumotlarga köra, butun Rossiya böylab Navalniy xotirasiga uyuştirilgan aksiyalarda 110 kişi qölga olingan, şundan eng köp qismi Sankt-Peterburgda, bu şahardagi politsiya bölimlariga 69 kişi olib kelingan.
Şu kuni dunyoning boşqa köplab şaharlarida ham, Peru poytaxti Limadan tortib, Özbekiston poytaxti Toşkent şahrida ham siyosatçini xotirlaşdi, ğarb şaharlaridagi Rossiya elçixonalari oldiga plakatlar va gullar keltirişdi.
AQŞ

John Lamparski / Getty Images

Adam Gray / Getty Images / AFP / Scanpix / LETA

Brendan Smialowski / AFP / Scanpix / LETA

Daniel SLIM / AFP / Scanpix / LETA































































