Qaşqadaryo viloyati Muborak tumanida tepasiga oğir avtotransport çiqqan köprik qulab tuşgan. Tuman hokimligi axborot xizmatining xabar berişiça, hodisa bugun, 16 fevral kuni sodir bölgan.
Ma’lum qilinişiça, Muborak tumani hududidan ötuvçi “Muborak – Pomuq – Alang – Nişon” avtomobil yölining 17-kilometrida, 1982 yilda (zovur ustida) qurilgan köprik oğir yuk muntazam harakatlanişi natijasida nosoz holatga kelib qolgan.
Hozirda köprikdan harakatlaniş töliq çeklangan, axborot beruvçi yöl belgilari örnatilgan va avtotransport harakati uçun vaqtinçalik aylanma yöl taşkil qilingan.
Biroq 2024 yil 16 fevral kuni oğir avtotransport vositasi aylanma yöldan emas, nosoz köprikdan harakatlanişi oqibatida uning temir-beton plitalari singan va qulab tuşgan. Sodir bölgan hodisada salbiy holat kuzatilmagan.
Qayd etilişiça, 2024 yilda mazkur köprikni qayta quriş belgilangan bölib, yilning 2-çoragida töliq qayta qurilib foydalanişga topşirilişi rejalaştirilmoqda.












