Qozoğistonning 9 ta viloyatida respublika ahamiyatiga ega bölgan 16 ta yölda ob-havoning yomonlaşişi tufayli avtotransport vositalarining harakatlanişiga vaqtinça çeklov örnatilgan.

Zakon.kz naşrining xabar berişiça, çeklov bugun 2024 yil 17 fevral soat 9:30 dan boşlab joriy qilingan.

Jumladan:

  • Abay viloyati – umumiy uzunligi 411 km bölgan 2 ta yöl.
  • Olmaota viloyati – umumiy uzunligi 99 km bölgan 2 ta yöl
  • Şarqiy Qozoğiston viloyati – umumiy uzunligi 589 km bölgan 4 ta yöl;
  • Yettisuv viloyati – umumiy uzunligi 123 km bölgan 2 ta yöl;
  • Qöstanay viloyati – umumiy uzunligi 83 km bölgan 1 ta yöl;
  • Pavlodar viloyati – umumiy uzunligi 71 km bölgan 1 ta yöl;
  • Şimoliy Qozoğiston viloyati – umumiy uzunligi 230 km bölgan 2 ta yöl
  • Ulitov viloyati – umumiy uzunligi 115 km bölgan 1 ta yöl;
  • Jambil viloyati – umumiy uzunligi 174 km bölgan 1 ta yöl;

Jambil viloyatida vaqtinça yopilgan yöl Olmaota-Toşkent-Termiz xalqaro avtomobil yölining bir qismi hisoblanadi.

Umumiy hisobda Qozoğiston böylab qariyb 1 700 km yöl vaqtinça yopilgan. “Qozavtojol” AJ ma’lumotlariga köra, respublika ahamiyatiga molik yöllarda 336 ta texnika va 539 kişi yöllarni tozalaş bilan şuğullanmoqda.

Avvalroq, Qozoğistonda yölda qolib ketgan 27 nafar özbekistonlik evakuatsiya qilingani haqida xabar berilgandi.

Ma’lum bölişiça, Ostonadan Rossiyaning Çelyabinsk şahriga qarab ketayotgan avtobus yölda buzilib qolgan. Şundan söng 27 nafar özbekistonlik va 33 nafar tojikistonlik fuqaro evakuatsiya qilingan. Qutqarilganlarning 17 nafari bolalar bölgan.

Şu sababli Qozoğistondagi vatandoşlardan ob-havo şaroiti sababli uzoq masofali yöllarga maşinada çiqmaslik söralgandi.