Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkentdagi Tashkent Index bozorida avtoturargohlarning tom qismi maşinalar ustiga qulagani tasvirlangan videolar tarqaldi.
Videolarda avtoturargohlarning yengil konstruksiyali ustunlari va tom qismi keça yoğib ötgan qorning oğirligini kötara olmay qulaşi natijasida önlab avtomobillarga şikast yetgani körinadi.
Tom ostida qolib şikastlangan import maşinalarda avtoraqamlarning yöqligi ular sotiş maqsadida bu yerga olib kelib qöyilganidan darak beradi.
Toşkent şahar hokimligi axborot xizmati hodisa haqida ma’lumot yöqligini, Tashkent Index'dan izoh oliş lozimligini bildirdi.
Kun.uz hodisa yuzasidan izoh oliş uçun Tashkent Index'ning Telegram-kanalida körsatilgan raqamiga qönğiroq qildi. Biroq raqam işlamayapti.
Avvalroq, bir neça marta Sergeli tumanida joylaşgan maşina bozori Tashkent Index'ga köçirilişi haqida gap-sözlar tarqagan. Biroq Sergeli maşina bozori rahbariyati bunday topşiriq bölmaganini aytib çiqqandi.











